Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Metan shoxobchalarga gaz yetkazib berish vaqtincha qisqartirildi
9-12 fevral kunlari O‘zbekistonning barcha hududlarida metan shoxobchalarga gaz yetkazib berish vaqtincha qisqartirilgan. Bu haqda ma’lum qilgan Energoinspeksiya qisqarishga “havo haroratining keskin sovib ketishi”ni sabab qilib ko‘rsatdi. 10 fevral kuni Buxoro viloyatidan o‘tgan magistral gaz quvurida avariya ro‘y bergandi, avariya oqibatlari to‘liq bartaraf etilgani haqida hozirgacha xabar berilmadi.

Foto: Kun.uz
O‘zbekistonda 9-12 fevral kunlari metan shoxobchalarga gaz uzatish qisqartirilgan. Bu haqda O‘zenergoinspeksiya ma’lum qildi.
Inspeksiyaning 12 fevral kungi axborotida aytilishicha, “havo keskin sovib ketgan davrlarda” tabiiy gaz birinchi navbatda aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obektlariga yetkaziladi, gaz quvurlari va qurilmalaridagi bosim me’yor darajasiga ko‘tarilganidan so‘nggina bosqichma-bosqich AGTKShlarga ham to‘liq yetkazib berilishi belgilangan.
“Joriy yilning 9-12 fevral kunlari respublikaning barcha hududlarida tashqi havo haroratining keskin sovib ketishi natijasida tabiiy gazga ehtiyoj ortganligi sababli mahalliy hokimliklar tomonidan kiritilgan grafiklarga asosan AGTKShlarga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtinchalik qisqartirilgan”, – deyiladi Energoinspeksiya xabarida.
Eslatib o‘tamiz, 10 fevral kuni “Buxoro–Ural” magistral gaz quvurining Buxoro viloyatidan o‘tgan qismida yorilish kuzatilib, yong‘in chiqqan edi.
Energetika vazirligi shu kuni yong‘in to‘liq o‘chirilganini ma’lum qildi. “Tabiiy gaz zaxira gaz quvuri orqali hech bir uzilishsiz o‘tkazilyapti va uning iste’molchilarga yetkazilishi shtat rejimida davom etmoqda”, deyiladi vazirlik bayonotida.
“O‘ztransgaz” yuzaga kelgan nosozlikni ta’mirlash ishlari olib borilayotganini xabar qilgan. Ta’mirlash ishlari yakunlangani yoki qachon yakunlanishi haqida hozircha xabar berilmadi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkent viloyatida Labo’ga suv to‘ldirib, cho‘milganlar 12 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 12:37
-
Kallas: Tramp Ukrainada tinchlikka erishish uchun Rossiyaga juda uzoq vaqt berdi
Jahon | 12:35
-
Toshkentda magistraturaga kirish uchun sertifikat olib berishni va’da qilganlar ushlandi
Jamiyat | 12:22
-
Surxondaryoda advokat 50 ming dollar bilan ushlandi
Jamiyat | 12:15
Mavzuga oid

09:32 / 26.03.2025
Kreml hujum qilinmaydigan energetika obektlarini ma’lum qildi

18:04 / 25.03.2025
AESda ishlab chiqariladigan elektr energiyasining narxi qancha bo‘ladi?

14:01 / 25.03.2025
O‘zbekiston yana netto gaz eksportchisiga aylandi

21:33 / 24.03.2025