Buyuk Britaniya Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari va «Rosatom» tuzilmalariga qarshi sanksiyalar kiritdi
Shuningdek, sanksiyaga uchraganlar orasida Texnik va eksport nazorati bo‘yicha federal xizmat direktori hamda sobiq bosh prokurorning o‘g‘li ham bor.

Foto: Getty images
Buyuk Britaniya Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Pavel Fradkov hamda Texnik va eksport nazorati bo‘yicha federal xizmat direktori Vladimir Selinni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi. Ta’kidlanishicha, ular «Ukrainaning hududiy yaxlitligi, suvereniteti yoki mustaqilligini beqarorlashtirish, buzish yoki tahdid qilishga» aloqador, chunki ular Rossiya hukumati uchun ishlaydi. Pavel Fradkov — Tashqi razvedka xizmatining sobiq rahbari Mixail Fradkovning o‘g‘li.
Shuningdek, biznesmen Artyom Chayka — Rossiya sobiq bosh prokurori Yuriy Chaykaning o‘g‘li ham sanksiyaga uchradi. Londonning qayd etishicha, u «Rossiya hukumati bilan affillangan» va hukumat uchun strategik ahamiyatga ega sektorda faoliyat yurituvchi «Birinchi noruda kompaniya» benefitsiari hisoblanadi. «Birinchi noruda kompaniya» — Rossiyadagi eng yirik shag‘al ishlab chiqaruvchi. Avvalroq kompaniya Rossiya temiryo‘llariga buyurtmalar yetkazib berish ortidan milliardlab pul ishlagan.
Qayd etilishicha, Chayka Rossiya Xavfsizlik kengashi a’zosi va Rossiyaning Shimoliy Kavkaz federal okrugidagi doimiy vakili bo‘lgan otasi sabab ham sanksiyaga uchragan — Yuriy Chaykaning o‘zi ham «qora ro‘yxat»da.
Cheklovlar, shuningdek, «Rosatom»ning ikkita tuzilmasiga qarshi ham kiritilgan: Rossiya «mudofaa sektori»ni qo‘llab-quvvatlab keluvchi «Kirov-Energomash» zavodi va «Rosatom additiv texnologiyalar» kompaniyasi. Sanksiyalar doirasida ularning Buyuk Britaniyaga kirishi taqiqlanadi va mamlakatda aniqlangan barcha aktivlari muzlatiladi. Hozirda Rossiyaning 1,5 mingdan ortiq jismoniy shaxsi hamda qariyb 400 ta kompaniyasi Londonning «qora ro‘yxati»ga kiritilgan.
Avvalroq Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashining «Ukraina madaniy o‘ziga xosligini yo‘q qilish uchun mas’ul bo‘lgan» ruslarga, shuningdek, neftni bir barrel uchun 60 dollardan yuqori narxda tashiydigan tanker kapitanlariga qarshi sanksiyalar qo‘llash to‘g‘risidagi qarorini kuchga kiritgan edi.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yangiariqda ushlangan sudya ishi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berildi
O‘zbekiston | 19:53
-
Toshkentning 4 ta tumanida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi
Jamiyat | 19:49
-
Toshkentning Ohangaron shohko‘chasida transport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatiladi
Jamiyat | 19:43
-
Norvegiya ilk bor yadro xavfsizligi bo‘yicha strategiyasini taqdim etdi
Jahon | 19:41
Mavzuga oid

20:10 / 30.06.2025
Rossiya Yevropaning 15 ta OAV saytlariga kirishni chekladi

18:27 / 30.06.2025
YeI Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yana yarim yilga uzaytirdi

17:45 / 25.06.2025
Tramp Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy qilishga tayyor emas – Rubio

18:02 / 23.06.2025