1,5 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan novvoyxonalar aniqlandi
Samarqand viloyatining Toyloq tumanidagi ikkita novvoyxonada jami 1,5 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanildi.

Foto: Bosh prokuratura
Bosh prokuratura ma’lum qilishicha, tumandagi “E.L” xususiy korxonasi rahbari Sh.L. va “Hududgazta’minot” AJ Toyloq tuman bo‘limi xodimi D.Yu. oldindan til biriktirib, korxonaga qarashli novvoyxonani tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulagan. Natijada 760 mln so‘mlik tabiiy gaz talon-toroj qilingan.
“S.Sh” oilaviy korxonasi rahbari M.H. korxonaga qarashli novvoyxonani gaz tarmog‘iga noqonuniy tarzda ulashi oqibatida 767 mln so‘mlik tabiiy gazni o‘g‘rilik yo‘li bilan talon-toroj qilgan.
Holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (o‘g‘rilik juda ko‘p miqdorda) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, Sh.L., D.Yu. va M.H. protsessual tartibda ushlangan.
Mavzuga oid

09:32 / 05.03.2025
Samarqandda novvoyxona 820 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalandi

09:02 / 05.03.2025
Qariyb yarim mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan novvoyxona aniqlandi

08:57 / 24.02.2025
616 mln so‘mlik gaz va elektrdan noqonuniy foydalangan ovqatlanish shoxobchasi aniqlandi

14:14 / 22.02.2025