Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Doniyor Toshxo‘jayev 7 yilga qamaldi
U Komil Allamjonovga suiqasd ishida ayblangan.

Foto: Kun.uz
Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining sobiq birinchi o‘rinbosari polkovnik Doniyor Baxtiyorovich Toshxo‘jayev 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
U Komil Allamjonovga suiqasd ishida ayblangan.
Doniyor Toshxo‘jayev ko‘p yillar Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlagan, 2020-2022 yillarda Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘i bo‘lgan, 2024 yil noyabrida Toshkent shahar IIBB boshlig‘i birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgandi.
U ishdan ketganidan bir hafta o‘tib, dekabr oyi boshida qo‘lga olingan. Toshxo‘jayev jinoyatni yashirishga urinish va tergov jarayoniga xalaqit qilishda gumonlangandi.
Mazkur ish doirasida IIVning yana ikki mansabdori — IIV Tezkor qidiruv departamenti Jinoyat qidiruv xizmati boshlig‘i Ahrorjon Adhamov hamda Toshkent shahar IIBB Tezkor qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv boshqarmasi Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i Timur Sobirov ham ishdan olingan edi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Italiya mafiyasining Lotin Amerikasidagi yetakchisi qo‘lga olindi
Jahon | 23:21
-
Fransiya tarkibida Yangi Kaledoniya davlati tashkil qilinadi
Jahon | 22:41
-
Abbos Fayzullayev TsSKA bilan ikkinchi sovrinini qo‘lga kiritdi
Sport | 22:15
Mavzuga oid

22:06 / 23.06.2025
Komil Allamjonov Prezident administratsiyasining yangi rahbari Saida Mirziyoyevaga jamoatchilik asosida mustaqil maslahatchi sifatida tayinlandi

15:04 / 21.02.2025
Komil Allamjonovning yordamchilari Oliy sudda oqlandi

14:36 / 12.02.2025
«5 oy ichida o‘zimdan o‘tgani o‘zimga, eng yaqinlarimga ayon» - Komil Allamjonov

14:16 / 12.02.2025