Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda elektr uzilishlari ko‘paydi. HET buni “qishga tayyorgarlik” bilan izohladi
“Hududiy elektr tarmoqlari”ga ko‘ra, Toshkent shahri va viloyatlarda kuzatilayotgan elektr ta’minotidagi uzilishlar rejali ta’mirlash ishlari va tarmoqlarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash bilan bog‘liq. Kompaniya uzilishlar haqida aholini xabardor qilish ishlarini yaxshilashga va’da berdi.

Foto: Hududiy elektr tarmoqlari
So‘nggi kunlarda poytaxt aholisi ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalarida elektr ta’minotida uzilishlar ko‘paygani haqida yozyapti. Xususan, Spot nashri elektr ta’minotidagi uzilishlar “odatiy holga aylanib borayotgani”ni aytgan tadbirkorlarning fikrlarini jamlab maqola e’lon qilgandi.
Mazkur holat yuzasidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ rasmiy munosabat bildirib, ayni paytda Toshkent shahri va viloyatlarda “kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish” hamda davlat dasturlari, sohaga oid qaror va farmonlar ijrosini ta’minlash maqsadida taqsimlash tarmoqlarida yangilash hamda ta’mirlash ishlari olib borilayotganini ma’lum qildi.
“Tarmoqlarni yangilash va mavsumga tayyorgarlik ishlari kechiktirib bo‘lmaydigan yumushlar sirasiga kirib, ayni paytda yozning issiq kunlariga qaramasdan ham olib borilyapti. Shu bilan bir qatorda kunning issiq kunlarida ma’lum hududlarda avariyaviy holatlar yuzaga kelishi ham elektr energiyasida uzilishlarni vujudga kelishiga sabab bo‘lmoqda. Bu holatlar jamiyatning tuman, shahar elektr ta’minoti bo‘limlarining tezkor chiqish brigadalari tomonidan qisqa muddatlarda bartarf etilishi ta’minlanyapti”, deyiladi xabarda.
“Hududiy elektr tarmoqlari” yuzaga kelgan noqulayliklar uchun aholidan uzr so‘rab, elektr energiyasining rejalashtirilgan uzilishlari haqida aholini xabardor qilish ishlarini yaxshilashga va’da berdi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 2024 yilning may oyida ijtimoiy iste’mol standartlari joriy etilgan holda, aholi uchun 1 kVt/soat elektr energiyasining bazaviy narxi 295 so‘mdan 450 so‘mga oshirilgandi. Joriy yilning 1 mayidan bazaviy tarif (oyiga 200 kVt/soat doirasida) 450 so‘mdan 600 so‘mga ko‘tarildi.
Tavsiya etamiz
Yangi O‘zbekistonda daraxtlar suvsizlikdan qurib boryapti
O‘zbekiston | 15:21 / 02.08.2025
Toshkentdan Chorvoqqa yangi avtomobil yo‘li quriladi
O‘zbekiston | 10:44 / 02.08.2025
Voyaga yetmagan shaxs «sudlanmagan» deb hisoblanishi belgilanmoqda
O‘zbekiston | 23:00 / 01.08.2025
Andijonda alimentdan qochib yurgan erkak hiyla bilan tuzoqqa tushirildi
Jamiyat | 22:24 / 01.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
HAMAS Falastin davlati tuzilmagunicha qurolni tashlamasligini ma’lum qildi
Jahon | 01:19
-
BMT bosh kotibi Turkmanistonga keldi
Jahon | 01:00
-
Armaniston sobiq bosh vaziri Jyennifer Lopes konsertiga qilingan xarajatlarni konstitutsiyaga zid deb atadi
Jahon | 00:46
-
Hindiston AQSh bojlariga qarshi javob tayyorlayotgani haqidagi xabar yolg‘onligini bildirdi
Jahon | 00:30
Mavzuga oid

15:37 / 30.07.2025
Issiqxona xo‘jaliklari qo‘llab-quvvatlanadi

23:59 / 25.07.2025
Svet o‘chmagan kun yo‘q: Toshkent elektrsiz qiynalmoqda

09:08 / 24.07.2025
O‘zbekiston energetika sohasiga mikroinvestitsiyalar jalb qilinadi

11:40 / 23.07.2025