iPhone foydalanuvchilariga DeepSeek ilovasini o‘chirish taklif etildi
NowSecure kompaniyasi DeepSeek iOS mobil ilovasi keng qamrovli tekshiruvdan o‘tkazilganini, bunda jismoniy shaxslar, korxonalar va davlat idoralarini xavf ostiga qo‘yadigan bir nechta muhim zaifliklarni aniqlaganini aytdi.

iOS uchun mo‘ljallangan DeepSeek mobil ilovasida foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlari uchun xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan zaifliklar topildi, deb yozdi NowSecure.
IT-mutaxassislari korxonalarga DeepSeek ilovasidan foydalanishdan voz kechishni «astoydil tavsiya qilmoqda».
«2025 yil 25 yanvardan beri eng ommabop iOS ilovasi sifatida DeepSeek jismoniy shaxslar, korxonalar va davlat xizmatchilariga tegishli millionlab qurilmalarda yuklab olindi va ulardan foydalanildi. Bu esa mamlakatlar, shtat va federal hukumatlar hamda AQSh harbiylari tomonidan o‘z tashkilotlarini himoya qilish va milliy xavfsizlikni ta’minlash uchun tezkor taqiqlarga sabab bo‘ldi», deyiladi nashrda.
NowSecure kompaniyasi DeepSeek iOS mobil ilovasi keng qamrovli tekshiruvdan o‘tkazilganini, bunda jismoniy shaxslar, korxonalar va davlat idoralarini xavf ostiga qo‘yadigan bir nechta muhim zaifliklarni aniqlaganini aytdi.
Aniqlangan xavflar orasida: ilova maxfiy ma’lumotlarni Internet orqali shifrlashsiz uzatadi, bu esa uni o‘g‘irlik va manipulyatsiyaga qarshi zaif qiladi; Foydalanuvchi nomi, parol va shifrlash kalitlari ishonchsiz saqlanadi, bu esa hisob ma’lumotlarini o‘g‘irlash xavfini oshiradi; Ilova kuzatish uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan foydalanuvchi va qurilma ma’lumotlarini to‘playdi; Foydalanuvchi ma’lumotlari Xitoydagi serverlarga uzatiladi.
Mutaxassislar «mobil ilovalar xavfsizligi va ma’lumotlar himoyasiga ustuvor ahamiyat beradigan» muqobil SI platformalarini o‘rganishni tavsiya qildi.
Avvalroq, Xitoyning DeepSeek sun’iy intellekt platformasi eng ko‘p yuklab olingan mobil ilovalar ro‘yxatidan joy oldi. Foydalanuvchilar uning ChatGPT ilovasiga nisbatan ancha tezkor ekanini qayd qildi.
Keyinchalik, Italiya o‘z fuqarolarining ma’lumotlarini himoya qilish maqsadida DeepSeek chatbotini blokladi. Keyinchalik DeepSeek Janubiy Koreyada ham bloklandi.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Pokiston va AQSh harbiy hamkorlikni kuchaytirishga kelishib oldi
Jahon | 09:11
-
Ozarboyjon – Rossiya: sovuqlik fonida Embraer 190 halokatiga oid shov-shuvli tafsilot paydo bo‘ldi
Jahon | 09:05
-
Xo‘jaobodda profilaktika inspektorini pichoqlab o‘ldirgan shaxs ushlandi
O‘zbekiston | 09:00
-
O‘zbekistonning TURKSOYdagi vakili tayinlandi
O‘zbekiston | 08:55
Mavzuga oid

20:23 / 02.07.2025
Rossiyada sun’iy intellekt yo‘qolgan bolalarni topishda yordam berdi

23:55 / 01.07.2025
Microsoftʼning yangi sun’iy intellekti tashxislarni shifokorlardan to‘rt marta aniqroq qo‘ymoqda

22:57 / 30.06.2025
Britaniyada ChatGPT tufayli endi ish boshlayotgan xodimlarga nisbatan talab tushib ketdi

17:24 / 29.06.2025