AQSh Meksika chegarasiga yana 1,5 ming harbiy xizmatchini yuboradi
Chegaraga joylashtiriladigan yangi qo‘shin AQSh va Meksika o‘rtasiga tikanli sim to‘siqlar o‘rnatish bilan shug‘ullanadi.

Foto: AFP
AQSh Meksika orqali noqonuniy migrantlarning mamlakatga kirishiga chek qo‘yish maqsadida yana 1,5 ming askarni chegaraga jo‘natishga tayyorlanmoqda, deb xabar beradi Anadolu Ajansi.
Nashrning Vashingtondagi manbasiga ko‘ra, Shimoliy Karolinada joylashgan 18-havo-desant korpusining moddiy-texnik ta’minot brigadasi mamlakat janubiy chegaralariga borish ko‘rsatmasini olgan.
Amaldorning so‘zlariga ko‘ra, prezident Tramp «migratsiyaning oldini olish bo‘yicha kuchaytirilgan bosimni qo‘llab-quvvatlash maqsadida» yana 1,5 mingga yaqin harbiy xizmatchini janubiy chegaraga yuboradi.
Chegaraga joylashtirilishi rejalashtirilgan yangi qo‘shin AQSh va Meksika o‘rtasiga tikanli sim to‘siqlar o‘rnatish, shuningdek, chegara patruliga zarur transport, razvedka va boshqa ko‘maklarni ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi.
Tramp prezidentlik lavozimiga kirishganidan beri Pentagon 1,6 ming kishilik harbiy bo‘linmani chegaraga joylashtirgan. Bundan tashqari, 500 nafarga yaqin dengiz piyodalarini jinoyat sodir etgan noqonuniy migrantlar saqlanuvchi Kubadagi Guantanamo bazasiga yuborish bo‘yicha qaror qabul qilgan.
Avvalroq, AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatdagi migrantlar bilan bog‘liq vaziyatga e’tibor qaratib, AQSh-Meksika chegarasida favqulodda holat e’lon qilgan va nazorat-o‘tkazish punktlarini yopgan edi. Shuningdek, u noqonuniy migrantlar ommaviy deportatsiya qilinishini aytdi. Meksika AQSh hududiga o‘tmoqchi bo‘lgan noqonuniy migrantlar uchun asosiy tranzit mamlakati hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda elektr uzilishlari ko‘paydi. HET buni “qishga tayyorgarlik” bilan izohladi
O‘zbekiston | 15:51
-
YUNISEF: Ukrainada tobora ko‘proq bolalar urush qurboniga aylanmoqda
Jahon | 15:44
-
May oyida O‘zbekistonga 1,1 mlndan ortiq sayyoh tashrif buyurdi
O‘zbekiston | 15:43
-
Hayot Bank Toshkentda yangi bank xizmatlari markazini ochdi
O‘zbekiston | 14:59
Mavzuga oid

12:45
NBC: AQShdagi tekshiruvda qurol-yarog‘ taqchilligi aniqlanmadi

11:20
Tramp: Putin AQShning yangi sanksiyalari tahdididan xavotirda

11:07
AQSh Suriya bilan bog‘liq terrorchilik tuzilmalari ro‘yxatini qayta ko‘rib chiqadi

10:20