Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Netanyahu Trampga peyjyer sovg‘a qildi. Livandagi operatsiyaga ishora o‘laroq
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu AQShga bir necha kunlik safar qildi. U do‘sti Tramp bilan uchrashuvni intizor bo‘lib kutayotgandi. Bu tashrif G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish rejimi amal qilayotgan vaqtga to‘g‘ri keldi. Afsuski, uchrashuvda aytilgan gaplar G‘azo hali-beri tinchimaydi degan xulosaga kelishga undaydi...

Biz bu uchrashuvdagi kichik, lekin muhim bir detalga to‘xtalamiz. Isroil bosh vaziri Netanyahu amerikalik do‘stiga ikkita peyjyer sovg‘a qildi. Bitta oddiy va bitta oltin bilan bezatilganidan. Uchrashuvdan keyin Netanyahuning vakillari oltin bilan bezatilgan peyjyer suratini tarqatdi. Uning ostiga «Eng ajoyib do‘stimiz Donald Trampga bosh vazir Binyamin Netanyahudan» deb yozilgan. Peyjyerda esa «Press with both hands» (ikki qo‘l bilan bosing) degan yozuv chiqib turibdi.
«Bu ajoyib operatsiya bo‘lgandi»
Netanyahu Trampga nega peyjyer sovg‘a qilgani tushunarli: Bibi shu orqali o‘tgan yil 17 sentabrdagi «Hizbulloh»ga qarshi o‘tkazilgan peyjyer operatsiyasiga ishora qilgan. O‘shanda Isroil maxsus xizmati Mossad «Hizbulloh» jangchilari qo‘lidagi minglab peyjyerlarni masofadan turib kodli sms yuborib portlatib yuborgandi. Oqibatda kamida 37 kishi halok bo‘ladi, ular orasida bolalar ham bor. Uch mingdan ortiq odam yaralanadi.
Bibi bu sovg‘a bilan Trampni ajablantira olgan. Do‘stidan sovg‘ani olayotganda Tramp «Bu ajoyib operatsiya bo‘lgandi» deb aytgan. O‘z navbatida AQSh prezidenti isroillik do‘stiga ikkovlarining birgalikda tushgan suratlarini sovg‘a qilgan. Uning ostiga «Buyuk yetakchi Bibiga» deb yozilgan. Uchrashuv davomida Netanyahu Trampni Oq uyda ishlagan prezidentlar orasida Isroilning eng yaqin do‘sti deb atadi. Tramp Xalqaro jinoyat sudi G‘azodagi tinch aholini qirishda ayblab hibsga olishga order bergan do‘stini og‘zidan bol tomib alqadi. Darvoqe, keyinroq do‘stiga qarshi order bergani uchun Haaga sudiga sanksiya ham kiritdi.
Bu qandaydir ishorami?
Shu o‘rinda Binyamin Netanyahu Trampga bekorga peyjyer sovg‘a qilmadi degan xayol ko‘pchilikni tinch qo‘ymayotgan bo‘lsa kerak. Mayli, u amerikalik jo‘rasiga maqtangisi keldi deylik, lekin buni hammaga oshkor qilib nima kerak? Isroil tomoni sovg‘aga juda urg‘u berayotganiga qaraganda Livandagi «Hizbulloh» harakatiga qarshi o‘sha tillarda doston operatsiyasida AQSh ham yordam berganiga shama qilayotgandek.
«Burilish nuqtasi»
Trampga sovg‘a qilingan oltin peyjyer suratini e’lon qilgan Isroil bosh vazir ma’muriyati maslahatchisi Dmitriy Gendelman peyjyer operatsiyasini urushdagi burilish nuqtasi deb atagan: «peyjyer urush taqdirini o‘zgartirgan, terroristik tashkilotning ruhiyatini sindirish yo‘lida burilish nuqtasi bo‘lgan operatsiya bo‘yicha Isroil bosh vazirining muhim qarori ramzidir», degan isroillik mulozim.
Yomon signal
Bu holatdan quyidagicha xulosa qilish mumkin. To‘g‘ri, Netanyahu Trampga peyjyer sovg‘a qilgani dunyoda hech nimani o‘zgartirmaydi. Lekin aslida bu juda yomon signal. Amerika va Isroil butun dunyoga «Ha o‘sha peyjyer operatsiyasini biz qildik, mana, bunga shama qiladigan sovg‘alar ham ulashyapmiz. Xo‘sh, nima qila olasizlar?» demoqchi. Lekin janoblar, o‘sha siz portlatgan peyjyerlar urushga umuman aloqasi bo‘lmagan odamlar qo‘lida bo‘lib qolishi ham mumkin edi-ku? Shunday bo‘ldi ham: seriyali portlashlar vaqtida oddiy odamlar ham o‘lib ketdi, ular orasida bolalar ham bor edi.
Katta davlatlar keyinchalik maqtanib yurish uchun begunoh odamlar hayotini bunchalik xatarga qo‘yishi kerak emas. Xo‘p, sizning dasturchilaringiz shunchalik zo‘r ekan, ularni odamlarni portlatishga emas, yaxshi ishlarga o‘rgating. Chegaralaringizni qo‘riqlashni osonlashtiradigan texnikalar yarating. Agar no‘noq chegarachilaringiz 7 oktyabrda HAMAS kirishiga yo‘l qo‘ymaganida, hozir minglab oddiy odamlar o‘lib ketmagan bo‘lardi.
Ha, azizlar, juda yomon davrda yashayapmiz. Butun boshli davlat rahbarlari minglab odamlarni o‘ldirgani, odamlar qo‘lidagi gadjetlarni portlatib yubora olishi bilan maqtanmoqda. Buning nomini siyosat emas, haddan oshish deyishadi...
O‘tkir Jalolxonov tayyorladi.
Tasvirchi va montaj ustasi – Faxriddin Hotamov.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
12,6 ming dollarga krossover - Geely Icon 2026 taqdim etildi
Fan-texnika | 17:15
-
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08
-
Beeline Academy 1000 nafar informatika o‘qituvchisi uchun sun’iy intellekt bo‘yicha bepul kurslarga qabulni boshladi
O‘zbekiston | 17:00
-
Toshkentda yigit ginekolog shifokor nomiga soxta profil ochib, ayollarga pulli maslahat berib kelgani aniqlandi
Jamiyat | 16:57
Mavzuga oid

10:39
Tramp Moldova va yana yetti davlatga bojlar joriy qilmoqda

22:34 / 09.07.2025
NYT: Putin Rossiya armiyasi yaqin oylarda Ukraina mudofaasini yorib o‘tishiga ishonmoqda

20:09 / 09.07.2025
Tramp Putinga nisbatan ritorikasini keskinlashtirmoqda, Kreml bunga «bosiqlik» bilan qaramoqda

14:48 / 09.07.2025