Turkiyada zilziladan vayron bo‘lgan shahar qayta qurildi
Tabiiy ofatdan keyin Antokiya shahri tarixiy markazi urush maydoniga o‘xshardi. Endi u to‘liq qayta qurildi.

Foto: IHA Photo
2023 yilda Turkiyada 7,8 magnitudali fojiali zilzila sodir bo‘lgan edi. Tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, zilzilada 39 ming bino vayron bo‘lgan, 200 ming uy jiddiy zarar ko‘rgan. Mamlakat janubidagi Antokiya shahri eng ko‘p zarar ko‘rdi. Ikki yil avval bu yerda faqat xarobalar bor edi, bugun esa shahar qayta tug‘ilmoqda, deb xabar berdi Daily Sabah gazetasi.
Qayd qilinishicha, tabiiy ofatdan keyin Antokiya tarixiy markazi urush maydoniga o‘xshardi. Ishchilar tonnalab vayrona qoldiqlarini yuk mashinalarida olib ketishdi va bu shaharni ulkan qurilish maydonchasiga aylantirishdi. Yil davomida asosiy jarayonlar arxitektor Deniz Eskio‘joq tomonidan olib borildi. Zilziladan jabr ko‘rgan fuqarolarning yangi uylarga tezroq ko‘chib o‘tishini ta’minlash uchun 300 dan ortiq odam tinmasdan ishladi, dedi u.
«Biz barcha xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda tez, ammo samarali ishladik. Tungi soat ikki-uchlarda beton quydik», dedi Eskio‘joq.
Atrof-muhit, shaharsozlik va iqlim o‘zgarishi vazirligi 2025 yil 26 yanvariga qadar zilzila zonasida 201 ming 580 ta uy va korxona qurib bitkazilganini ma’lum qildi. Yil oxirigacha 453 ming uyni topshirish va’da qilinmoqda.
Mutaxassislarning fikricha, dunyoning seysmik jihatdan xavfli hududlaridan birida shunday ko‘p sonli uylarning qulashi quruvchilarning vijdonsiz mehnati oqibatidir. Past sifatli materiallarni sotib olish va muhim bosqichlarni e’tiborsiz qoldirib, minglab odamlarning hayoti xavf ostiga qo‘yilgan. Bugun mahalliy aholi ishonchini qaytarish maqsadida muhandis va arxitektorlar tomonidan binolarda qo‘shimcha tekshiruvlar o‘tkazilmoqda.
«Uyimizni qurishda qancha beton va temir sarflanganini o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim. Agar yana zilzila ro‘y bersa, ishonchim komilki, bu binolar tik turadi. Ular menga ishonch bag‘ishlaydi, bu yerda o‘zimni chinakam xavfsiz his qilyapman», dedi mahalliy aholidan biri.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston Mobiuz kompaniyasini xalqaro sotuvga qo‘ydi
O‘zbekiston | 23:10 / 09.06.2025
Shveytsariyadagi qishloqqa ko‘chib kelgan sayyohlarga 24 ming dollardan pul to‘lanadi
Jahon | 01:36 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya O‘zbekiston notasidagi ma’lumotlarni ko‘rib chiqmoqda – Mariya Zaxarova
Jahon | 16:51
-
Prezident ETTB, BAA va Lombardiya bilan hamkorlikning ustuvor masalalarini muhokama qildi
O‘zbekiston | 16:09
-
Rossiya: Halok bo‘lgan ukrainalik askarlar jasadini topshirish tez orada boshlanadi
Jahon | 16:05
-
O‘zbekistonning Latviyadagi turizm brendi elchisi tayinlandi
O‘zbekiston | 15:42
Mavzuga oid

12:55 / 09.06.2025
Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi qoshida maktab ochiladi

22:58 / 07.06.2025
Turkiyada sayyohlarning kartasidan 29 mln dollar o‘g‘irlagan guruh a’zolari ushlandi

19:16 / 07.06.2025
Turkiyada qurbonlik qilish chog‘ida 14 ming kishi jarohat oldi

09:54 / 04.06.2025