Oltin izlovchi 12 ta kompaniya Navoiydagi 31 ta oltin uchastkasini sotib oldi
Oltin qazib oluvchi kompaniyalar 4 fevral kuni Navoiy viloyatidagi 31 ta oltin uchastkasini qo‘lga kiritish uchun elektron auksionda raqobatga kirishdi. Lotlardan birida savdo 10 soatdan ortiqroq davom etib, aktiv narxi boshlang‘ich narxdan 110 barobargacha qimmatladi.

4 fevral kuni E-auksion platformasida Navoiy viloyatidagi oltin qazib olish mumkin bo‘lgan 31 ta yer uchastkasi bo‘yicha auksion savdolari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Spot xabar bermoqda.
Auksionlarda Nurota va Karmana tumanlarida joylashgan Navoiy, Nurota, Oqsoqolota, Sop, Shuxsoy konlaridagi yer uchastkalari sotildi.
Yer uchastkalari 26,3 mln so‘mdan 52,5 mln so‘mgacha bo‘lgan oraliqdagi boshlang‘ich narxlar asosida sotuvga qo‘yildi. Savdolar jarayonida talabgorlar raqobati tufayli narxlar keskin oshib, 31 ta uchastka jami 25,1 mlrd so‘mga sotildi. Bu – lotlarning umumiy boshlang‘ich qiymatidan 23 barobarga ko‘p.
Eng qimmat sotilgan uchastka Nurota tumanidagi Sop-10/24 uchastkasi bo‘ldi. 10 soatdan ortiq davom etgan savdo yakunida boshlang‘ich narxdan 110 baravar ko‘p – 3,6 mlrd so‘m taklif bilan “Xinlong Mining Drilling” kompaniyasi lotni yutib oldi.
Bu kompaniya ikkinchi eng qimmat oltin uchastkasiga aylangan Sop-14/24 uchastkasini 183 ta qadamdan keyin 1,9 mlrd so‘mga sotib oldi.
Umuman, kun davomida “Xinlong Mining Drilling” jami 9,1 mlrd so‘m evaziga 8 ta oltin maydonini o‘zlashtirish huquqini qo‘lga kiritdi.
Yana to‘rtta maydon “Neo Gold Mining” tomonidan 2,7 milliard so‘mga sotib olindi. “Zhonghuitong Mining Group” kompaniyasi 1,13 milliard so‘m taklif qilib, 4 ta maydonni qo‘lga kiritdi. Uchta maydon “Golden Diggers” tomonidan sotib olindi, kompaniya bu hududlar uchun 3,24 milliard so‘m to‘lagan.
“Ipotekaon”, “King of Gold Mining”, Samnurgold” va “YVN Gold” ikkitadan lotni yutib oldi. “AAA Human”, “Golden SPV One”, “Kamron Mir Gold” va “Orom Medical Center” har biri bittadan lotga ega chiqdi.
Auksionlar raqobatga boy tarzda o‘tdi. Masalan, Navoiy-1/24 loti 274 qadamdan, Sop 16/24 loti 260 qadamdan, Nurota-4/24 loti esa 212 qadamdan iborat bo‘ldi,
G‘oliblar belgilangan joylardan oltin qazib olish huquqini qo‘lga kiritadi va amaldagi qonunchilikka muvofiq qidiruv ishlarini olib boradi. Investorlardan qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish talab qilinadi.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«U aqldan ozdi». Tramp va Mask tortishuvi yangi darajaga chiqdi - onlayn jang real vaqtda davom etmoqda
Jahon | 02:05
-
Balida sig‘imi 1 litrdan kichik suv idishlarni ishlab chiqarish taqiqlandi
Jahon | 01:03
-
Prezident Kapadzega qo‘ng‘iroq qilib, futbolchilarni mundial yo‘llanmasi bilan tabrikladi - video
Sport | 00:48
-
Qozog‘iston uzra noma’lum obektlar. Mudofaa vazirligi bayonot berdi
Jahon | 00:15
Mavzuga oid

22:18 / 14.05.2025
“170 dona 200 so‘mlik” - Navoiyda pensiyaning bir qismi tangada to‘lanayotgani aytilyapti

13:30 / 07.05.2025
O‘zbekistonda ilk bor yomg‘irni sun’iy yog‘dirish texnologiyasi sinab ko‘rilmoqda

18:28 / 01.05.2025
Navoiyda kichik samolyotlar ishlab chiqariladi

16:51 / 02.04.2025