Aholiga qoniqarsiz xizmat ko‘rsatgan sanitar tozalash korxonasi bilan tuzilgan bitim bekor qilindi

Foto: Chiqindilarni boshqarish agentligi
2025 yil 31 yanvar kuni Oliy sud tomonidan Navoiy viloyati hokimligi va “Berejlivost” XIChK (xususiy ishlab chiqarish korxonasi) sanitar tozalash korxonasi o‘rtasidagi bitim bekor qilindi.
Ma’lumot uchun, 2019 yil 18 yanvarda Navoiy viloyati hokimligi va sanitar korxona o‘rtasida davlat-xususiy sheriklik asosida “Maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risida”gi 2-sonli bitim va 1-sonli qo‘shimcha kelishuv imzolangan edi.
Sud qaroriga asosan mazkur bitim va kelishuv korxona tomonidan abonentlarga qoniqarsiz xizmat ko‘rsatilgani sababli bekor qilindi. Ya’ni korxona 2-sonli bitim bo‘yicha Navoiy viloyatining Navoiy shahri va Karmana tumanida, 1-sonli qo‘shimcha kelishuv bo‘yicha esa viloyatning Zarafshon tumani hududida chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlarini ko‘rsata olmaydi.
Bundan tashqari, ayni paytda Navoiy viloyati hokimligi, Navoiy Ekologiya boshqarmasi va “Berejlivost” XIChK o‘rtasida 2021 yil 10 sentabrda tuzilgan Tomdi, Qiziltepa va Uchquduq tumanlarida “Maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risida”gi 14-son bitimni bekor qilish yuzasidan kiritilgan da’vo arizasi apellyatsiya sudi tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.
“Shu o‘rinda boshqa sanitar tozalash korxonalariga tegishli darajada sifatli xizmat ko‘rsatishga mas’ul ekanliklarini, aks holda bitimlar qonunchilikda belgilangan tartibda bekor qilinishini eslatib o‘tamiz!
Diqqat! Agar sizda ham chiqindi xizmatlari bo‘yicha shikoyat va takliflar bo‘lsa, Ekologiya vazirligi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligining 1205 qisqa raqamlariga murojaat qiling! Sizning murojaatingiz — biz uchun muhim!” deyiladi Chiqindilarni boshqarish agentligi xabarida.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
#SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz!
O‘zbekiston | 15:00
-
Portlovchi va zaharli moddalar aylanmasiga bo‘lgan talablar kuchaytirildi
O‘zbekiston | 14:47
-
Hafta oxirida harorat pasaya boshlaydi
O‘zbekiston | 14:41
-
Toshkent metrosining 13 ta bekatida kassa yopildi
Jamiyat | 14:31
Mavzuga oid

16:59 / 23.06.2025
“Yasalgan” jinoyat: Navoiyda ikki qiz IIB “rezultati” uchun qamoqqa tiqildi

13:10 / 23.06.2025
O‘zbekistonda chiqindidan yoqilg‘i olish bo‘yicha loyiha amalga oshiriladi

22:18 / 14.05.2025
“170 dona 200 so‘mlik” - Navoiyda pensiyaning bir qismi tangada to‘lanayotgani aytilyapti

13:30 / 07.05.2025