Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tergov sudyasi vakolatiga oid ishlar qanday ko‘riladi?
JPKga tergov sudyasi vakolatlarini belgilovchi qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Prezident tomonidan «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun imzolandi.
JPKga tergov sudyasini vakolatlarini belgilovchi qo‘shimchalar kiritilmoqda. Xususan, tergov sudyasining vakolatlari jumlasiga:
- qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish;
- qamoqda saqlash yoki uy qamog‘i muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish;
- ushlab turish muddatini qirq sakkiz soatgacha uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish;
- pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish;
- ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish; shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish haqidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish; ayblanuvchining tibbiy muassasada bo‘lishi muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish;
- murdani eksgumatsiya qilish haqidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish;
- pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish;
- prokurorning guvoh va jabrlanuvchining (fuqaroviy da’vogarning) ko‘rsatuvlarini oldindan mustahkamlash to‘g‘risidagi iltimosnomalarini ko‘rib chiqish;
- tintuv o‘tkazish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish; telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish to‘g‘risidagi iltimosnomalarni ko‘rib chiqish;
- mol-mulkni xatlash to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish kiradi.
Shuningdek, tergov sudyasining vakolat doirasiga kiritilgan ishlarni ko‘rib chiqish tartibi belgilanmoqda.
Xususan, tintuv o‘tkazish uchun asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, prokuror, tergovchi yoki surishtiruvchi tintuv o‘tkazish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqida qaror chiqaradi va uni o‘tkazish asoslarini bayon qiladi.
Prokuror iltimosnomaning asosliligini tekshirib, qarorni sudga yuboradi.
Tintuv o‘tkazish to‘g‘risidagi iltimosnoma surishtiruv yoki dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudining tergov sudyasi tomonidan yakka tartibda ko‘rib chiqiladi. Mazkur sudning sudyasi yo‘qligida yoxud uning iltimosnomani ko‘rib chiqishda ishtirok etishini istisno etadigan holatlar mavjud bo‘lganda - Qoraqalpog‘iston sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisining ko‘rsatmasiga binoan boshqa tegishli sudning tergov sudyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Iltimosnoma materiallar kelib tushgan paytdan e’tiboran 8 soatdan kechiktirmay yopiq sud majlisida ko‘rib chiqiladi.
Sud majlisida prokuror, zarur hollarda tergovchi, surishtiruvchi ishtirok etadi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Uzum ta’minotchilar uchun sahifani ishga tushirdi
O‘zbekiston | 16:50
-
Kreml Trampning yangi bayonotlarini tahlil qilish uchun vaqt kerakligini qayd etdi
Jahon | 15:27
-
Migrantlarga Rossiyaga kirishda tibbiy ma’lumotnoma taqdim etish majburiyati yuklanishi mumkin
Jahon | 15:24
-
Saudiya Arabistoni 170 km uzunlikdagi osmono‘par shahar loyihasini qayta ko‘rib chiqmoqda
Jahon | 15:19
Mavzuga oid

19:53 / 03.07.2025
Yangiariqda ushlangan sudya ishi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berildi

14:12 / 25.06.2025
Xorazmda fuqaro oqlanganidan so‘ng ham 207 kun qamoqda o‘tirdi. Xatolikka yo‘l qo‘ygan sudyalarga “hayfsan” berildi

13:34 / 10.06.2025
Sudyaga qonunga xilof ravishda ta’sir o‘tkazganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda

15:25 / 02.06.2025