Kiyev: Ruminiya prezidentligiga nomzod Rossiya propagandasini takrorladi
Ruminiya prezidentligiga nomzod Kelin Jorjyesku Ukrainani hududi qo‘shni davlatlar o‘rtasida «muqarrar ravishda» bo‘linib ketadigan «xayoliy davlat» deb atadi. Kiyev buni «o‘ta hurmatsizlik» deb qabul qildi.

Foto: AFP
30 yanvar, payshanba kuni rasmiy Kiyev Ruminiya prezidentligiga nomzod Kelin Jorjyeskuning bayonotlarini Ukraina va Ukraina xalqiga nisbatan «o‘ta hurmatsizlik ifodasi» deb atadi. Bir kun avval Jorjyesku ruminiyalik jurnalist Ion Kristoi bilan suhbatda Ukrainani «xayoliy davlat» deb atagan va urushdan keyingi hududi qo‘shni davlatlar o‘rtasida «muqarrar ravishda» bo‘linib ketishiga ishonch bildirgan edi. U, shuningdek, 1918 yildan 1940 yilgacha Ruminiyaning bir qismi bo‘lgan Shimoliy Bukovina - zamonaviy Ukrainaning g‘arbiy qismiga ishora qildi.
«Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligiga tajovuz qiluvchi, xalqaro me’yorlarga, BMT Nizomiga, shuningdek, asosiy demokratik qadriyatlarga zid bo‘lgan revizionistik bayonotlar yoki harakatlarni mutlaqo nomaqbul deb hisoblaymiz va ularni qoralaymiz», — deyiladi Ukraina TIV sharhida. «Bunday bayonotlar fonida Kelin Jorjyeskuning o‘zini »mustaqil« siyosatchi sifatida ko‘rsatishga urinishlari bema’ni ko‘rinadi: u aytgan tezislar Rossiya propagandasi tezislari bilan mutlaqo o‘xshashdir».
Ruminiya Tashqi ishlar vazirligi, o‘z navbatida, Buxarest Ukrainaning xalqaro tan olingan chegaralari doirasidagi suvereniteti, hududiy yaxlitligi va mustaqilligini qo‘llab-quvvatlashini va Jorjyesku «rasmiy vakolatlarga ega emasligi, shuning uchun Ruminiya nomidan gapira olmasligi, balki shaxsiy maqomda ish yuritishi»ni bildirdi.
Ruminiyada may oyida takroriy prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tadi
Ruminiya prezidentining takroriy saylovi may oyida bo‘lib o‘tadi — birinchi tur 4 mayda, ikkinchisi 18 mayda bo‘lib o‘tadi. Noyabr oyidagi ovoz berish natijalari bekor qilinganidan keyin yangi saylovlar sanasi 8 yanvar kuni mamlakat hukmron koalitsiyasi tomonidan kelishib olingan edi. Ruminiya prezidenti Klaus Yoxannis o‘z vorisi aniqlanmaguncha o‘z vazifasini bajarishda davom etadi.
Koalitsion hukumatdagi uch partiya ham yagona nomzod Krin Antoneskuni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha dastlabki rejalarini tasdiqladi, deya ma’lum qildi Milliy liberal partiya. Shu yo‘l bilan Ruminiyadagi Sotsial-demokratik partiya, Milliy liberal partiya va Vengriya demokratik ittifoqi koalitsiyasi o‘ta o‘ng nomzodning g‘alabasi oldini olishga harakat qilmoqda.
Kelin Jorjyesku o‘ta o‘ng kuchlar nomzodi bo‘lib qoladimi yoki yo‘qmi, hozircha noma’lum. Uning saylovda ishtirok etishi Konstitutsiyaviy sudning qaroriga bog‘liq bo‘lib, u saylov kampaniyasini noqonuniy moliyalashda ayblanib chetlatilishi mumkin, deya qayd etadi Politico.
Tavsiya etamiz
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
Hozirda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlar o‘qishini qay tartibda davom ettiradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 17.06.2025
Qo‘rquv, shok va sarosima: Eronda nimalar bo‘lmoqda?
Jahon | 19:57 / 16.06.2025
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda Toshkent – Bali yo‘nalishida tarixdagi birinchi to‘g‘ridan to‘g‘ri reys yo‘lga qo‘yilmoqda
Jamiyat | 19:00 / 17.06.2025
-
Samarqandda tiklanayotgan o‘rmon - Omonqo‘ton milliy tabiat bog‘i | Manzil
Jamiyat | 17:40
-
Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi
Jamiyat | 17:00
-
Dollarning rasmiy kursi oxirgi 10 oylikdagi eng past darajaga tushdi
O‘zbekiston | 16:51
Mavzuga oid

14:20 / 23.05.2025
Ruminiyada prezidentlik saylovlari natijasi bo‘yicha shikoyat rad etildi

12:55 / 19.05.2025
Telegram asoschisi Ruminiyada senzura joriy etishdan bosh tortdi

12:16 / 19.05.2025
Ruminiyada prezidentlik saylovida Buxarest meri g‘alaba qozondi

11:30 / 06.05.2025