Xitoy Yangi yili bayramida robotlar raqsga tushdi (video)
Festivalda 16 ta humanoid robot odamlar bilan birga an’anaviy Yange raqsini mohirona ijro etib, tomoshabinlarni hayratda qoldirdi.

Foto: Videodan kadr
Xitoy Yangi yili munosabati bilan tashkil etilgan gala-konsertda tomoshabinlar hayratlanarli voqeaga guvoh bo‘ldi: Unitree kompaniyasining 16 ta humanoid roboti odamlar bilan birgalikda an’anaviy Yange raqsini ijro etdi.
Gulli nimchalar kiygan robotlar o‘zlarini haqiqiy raqqoslardek tutgan. Ular bellarini aylantirib, oyoqlarini harakatlantirgan hamda Yange raqsining asosiy atributi bo‘lgan ro‘molchalarni mohirona silkitgan.
Ta’kidlanishicha, Unitree kompaniyasining yangi texnologiyalari sabab ushbu tomoshani uyushtirishga muvaffaq bo‘lindi. Namoyishda qatnashgan H1, H1-2 va G-1 robotlari murakkab sahnada ham aniq harakat qilish uchun lazer navigatsiyasidan foydalangan.
Unitree marketing bo‘limi boshlig‘i Van Sisinning aytishicha, robotlarning barcha harakatlarini sun’iy intellekt boshqargan.
“Ular sahnada o‘z joylarini mustaqil o‘zgartiradi, raqs harakatlarini esa kompyuter boshqaradi”, — deb tushuntirdi u.
Robotlar atrofni “ko‘rish” va muhitga moslashishga yordam beradigan maxsus sensorlar bilan jihozlangan. Shuningdek, ular musiqani “eshitish” va uning ohangiga mos ravishda harakat qilish qobiliyatiga ega.
2025 yilning boshida Unitree o‘z robotlari dasturini yangilagan edi. Bu esa robotlarga yanada tabiiyroq harakat qilish imkonini berdi. H1 robotlari o‘zlarining “bo‘g‘im”larida juda katta kuch ishlab chiqara oladi, bu ularning harakatlarini ravon va aniq bajarishga yordam beradi.
Gala-konsertdagi chiqish nafaqat texnologiyalarni namoyish etish, balki Xitoy an’analariga hurmat ko‘rsatish bo‘lgani ta’kidlanmoqda. Odatda insonlar tomonidan ijro etiladigan Yange raqsi bu safar mashinalar zimmasiga yuklatildi.
“Mazkur tomosha nafaqat texnologik yutuqlarni, balki xitoy an’analarining go‘zalligini ham aks ettiradi”, — deyiladi Unitree bayonotida. “Bu zamonaviy madaniy namoyishlarda robototexnikaning imkoniyatlarini ko‘rsatib bermoqda”.
Avvalroq Shanxayda humanoid robotlarni tayyorlaydigan baza ochilgani xabar qilingandi.
Tavsiya etamiz
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
«Siti» va «Real»da qayta qurish boshlandi. Yozning ilk haftalaridagi transferlar
Sport | 18:12 / 15.06.2025
AQSh–Eron muzokaralari taqdiri nima bo‘ladi?
Jahon | 23:29 / 14.06.2025
Parkentda 3 bola suvga cho‘kib halok bo‘ldi
Jamiyat | 20:35 / 14.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda Toshkent – Bali yo‘nalishida tarixdagi birinchi to‘g‘ridan to‘g‘ri reys yo‘lga qo‘yilmoqda
Jamiyat | 19:00 / 17.06.2025
-
Eron Yaqin Sharqdagi AQSh harbiy bazalariga zarba berish uchun raketalarni tayyorladi – OAV
Jahon | 01:54
-
Kanada Putinning sobiq rafiqasiga sanksiyalar joriy qildi
Jahon | 01:29
-
«Andijon do‘ppisi» va «So‘qoq somsasi» geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatga olindi
O‘zbekiston | 00:51
Mavzuga oid

18:13 / 06.06.2025
Xitoyda yuzlab robotlar uchta tarixiy binoni ko‘chirdi

17:01 / 30.05.2025
Gretsiyada birinchi marta robotlar olimpiadasi o‘tkaziladi

22:14 / 13.05.2025
Ilon Mask Tesla’ning raqsga tushayotgan roboti videosi bilan bo‘lishdi

13:18 / 12.05.2025