Alibaba DeepSeek’dan ustun sun’iy intellekt ishlab chiqqanini ma’lum qildi
Xitoyning Alibaba texnologik kompaniyasi o‘zining Qwen 2.5-Max nomli sun’iy intellekt modelining yangi versiyasini taqdim etdi.

Foto: Tekeida
Qwen 2.5-Max dasturi Mixture-of-Expers arxitekturasiga asoslangan bo‘lib, 20 trilliondan ortiq tokenlar asosida dastlabki tayyorgarlikdan o‘tgan. Dastur odamlarning fikrlari asosida yanada takomillashtiriladi. Foydalanuvchilar ushbu model bilan Qwen Chat deb nomlangan chat-bot orqali muloqot qilishi mumkin.
Alibaba vakillarining aytishicha, Qwen 2.5-Max deyarli barcha samaradorlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha AQShning OpenAI va Meta kompaniyalarining GPT-4o hamda Llama-3.1-405B modellaridan ustun turadi. Bundan tashqari, u dekabr oyida taqdim etilgan Xitoyning DeepSeek-V3 versiyasidan ham afzalroq ekani ta’kidlanmoqda.
Alibaba o‘z mahsulotini Xitoy Yangi yilining birinchi kunida, ya’ni Xitoy aholisining aksariyati dam olayotgan paytda e’lon qildi. Bu esa yaqinda ishga tushirilgan DeepSeek startapining keskin muvaffaqiyati nafaqat chet ellik, balki mahalliy raqobatchilarga ham kuchli ta’sir ko‘rsatganidan dalolat beradi, deb ta’kidlamoqda OAV.
DeepSeek 2023 yildan beri sun’iy intellekt modellarini ishlab chiqaradi, biroq u ChatGPT bilan raqobatlasha oladigan bepul chat-botni ishga tushirgandan keyingina investorlarning e’tiborini jalb qildi. Ishlab chiquvchilarning ta’kidlashicha, ilova 27 yanvar kuni dunyo miqyosida eng ko‘p yuklab olingan ilovalar ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi. Kompaniya ko‘plab nosozliklar bilan kurashib, ilovaning ishlashini ta’minlab turdi.
Xitoyning bepul ilovasi paydo bo‘lishi bilan texnologiya kompaniyalari aksiyalarining qiymati pasaydi. Xususan, Nvidia (protsessorlar ishlab chiqaradi) asoschisi Jyensen Xuang eng ko‘p mablag‘ yo‘qotdi — uning kapitali 20,1 milliard dollarga kamaydi.
Oracle (dasturiy ta’minot ishlab chiqaradi) kompaniyasining hammuassisi Larri Ellison bir kecha-kunduz ichida 22,6 milliard dollar miqdorida boyligini yo‘qotdi. Dell (kompyuter texnikasini ishlab chiqaradi) kompaniyasining asoschisi Maykl Dell 13 milliard dollar, Binance kriptobirjasi asoschisi Chanpen Chjao esa 12,1 milliard dollardan ayrildi.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kanar orollarida o‘tkazilgan operatsiyada salkam 4 tonna kokain musodara qilindi
Jahon | 22:12
-
Tramp Maskni qo‘llab-quvvatlash uchun sotib olgan Tesla avtomobilidan qutulmoqchi
Jahon | 22:08
-
Braziliyada fermer 36 mln dollar yutib oldi va 25 kundan keyin stomatolog qabulida vafot etdi
Jahon | 21:31
-
YeIga a’zo 5 ta davlat bolalar uchun TikTok va YouTubeʼni taqiqlash taklifi bilan chiqdi
Jahon | 21:14
Mavzuga oid

19:01 / 03.06.2025
Microsoft 6 ming xodimini ishdan bo‘shatganidan keyin yuzlab ishchilarini qisqartirdi

14:40 / 02.06.2025
O‘zbekiston va Malayziya sun’iy intellekt bo‘yicha qo‘shma dasturlar tashkil etadi

19:53 / 28.05.2025
O‘zbekistonda sun’iy intellekt statistika to‘plash uchun odamlarga telefon qiladi

19:19 / 28.05.2025