Daniya Arktikadagi ishtirokini kuchaytirish uchun mablag‘ ajratyapti
Daniya hukumati, Farer orollari va Grenlandiya Arktika va Shimoliy Atlantikadagi mavjudligini mustahkamlash uchun 14,6 milliard krona ajratadi. Mablag‘lar uchta kema, uchuvchisiz uchoqlar va razvedka salohiyatini oshirishga yo‘naltiriladi.

Grenlandiya Foto: Lucas Jackson / REUTERS
Daniya hukumati, Farer orollari va qirollik tarkibiga kiruvchi Grenlandiya Arktika va Shimoliy Atlantikada o‘z mavjudligini mustahkamlash uchun 14,6 milliard krona (1,9 milliard yevro) ajratishga kelishib oldi. Bu haqda 27 yanvar, dushanba kuni Daniya Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.
Mablag‘lar Grenlandiya hududida missiyalarni bajarish uchun vertolyotlar va dronlarni tashishga qodir uchta yangi Arktika kemalariga yo‘naltiriladi.
Bundan tashqari, uzoq masofalardagi hududni kuzatish uchun kengaytirilgan tasvirlash imkoniyatlariga ega ikkita qo‘shimcha uzoq masofaga uchuvchi uchuvchisiz uchish apparati sotib olinadi.
Asosiy e’tibor sun’iy yo‘ldosh imkoniyatlari va yerdan kuzatuv uskunalarini kengaytirish orqali razvedka ma’lumotlari sifatini oshirishga qaratiladi.
Mablag‘larning bir qismi aholini favqulodda vaziyatlarga tayyorlashga yo‘naltiriladi. Arktika mintaqasida jilovlash va mudofaani kuchaytirish uchun 2025 yil oxirida yana bir kelishuv imzolanishi kutilmoqda.
FT Trampning Daniya bosh vaziri bilan agressiv suhbati haqida ma’lum qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp o‘tgan hafta Daniya bosh vaziri Mette Frederiksen bilan telefon suhbatida Grenlandiyani qo‘lga kiritish niyati jiddiyligini ta’kidladi, deb yozadi Financial Times 24 yanvar kuni. Shu bilan birga, Tramp suhbatni baland ovozda olib bordi, deya qo‘shimcha qiladi nashr Yevropa Ittifoqining yuqori martabali rasmiylariga tayanib.
Qayd etilishicha, Tramp va Frederiksen o‘rtasidagi suhbat 45 daqiqa davom etgan. Oq uy bu borada hech qanday rasmiy izoh bermadi. O‘z navbatida, Daniya bosh vaziri AQSh prezidentiga Skandinaviya qirolligining avtonom hududi bo‘lgan orol AQShning «katta manfaatdorligi»ga qaramay, «sotilmasligini» tushuntirganini aytdi.
«Yevropa Ittifoqining amaldagi va sobiq besh nafar yuqori martabali mulozimlari suhbat juda yomon o‘tganini aytishdi», — deyiladi FT xabarida. Qayd etilishicha, AQSh prezidenti Frederiksenning Daniya va AQSh o‘rtasidagi harbiy bazalar va foydali qazilmalarni o‘zlashtirish bo‘yicha hamkorligini mustahkamlash bo‘yicha takliflariga qaramay, o‘zini agressiv tutgan va qarama-qarshi kayfiyatda bo‘lgan.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Niderlandiya Qrim tatarlarining deportatsiyasini genotsid deb tan oldi
Jahon | 10:25
-
XMT: Haitida 1,3 mlnga yaqin kishi to‘dalar zo‘ravonligi tufayli uyini tark etdi
Jahon | 10:23
-
2025-2026 o‘quv yili uchun 1-sinfga onlayn qabul boshlandi
O‘zbekiston | 10:17
-
Yevroittifoq Bolgariyani yevrohududga qabul qilishni tavsiya etdi
Jahon | 10:14
Mavzuga oid

12:22 / 16.06.2025
Daniya va Fransiya rahbarlari Grenlandiya suverenitetini yana bir bor tasdiqladi

23:20 / 22.05.2025
Daniyada pensiya yoshi oshiriladi

19:42 / 27.04.2025
Turkiyalik erkak operatsiyadan keyin ona tilini unutib, boshqa tilda gapirishni boshladi

22:55 / 21.04.2025