Dehli shahrida "O‘zbekiston" bog‘i barpo etiladi
O‘zbekiston elchisi Sardor Rustamboyev Dehli shahri gubernatori Vinay Kumar Saksena bilan uchrashdi.

Foto: "Dunyo" AA
Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston va Hindiston xalqlarining uzoq asrlarga borib taqaladigan do‘stlik aloqalari so‘nggi yillarda mazmunan boyib, izchil rivoj topayotgani qayd etildi.
Davlatlar o‘rtasidagi serqirra munosabatlarda mintaqalararo aloqalarning salmog‘i oshib bormoqda. Shundan kelib chiqib, ikki mamlakat poytaxtlarining ishbilarmon, ilmiy-akademik va boshqa doiralari vakillari hamkorligini yanada faollashtirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.
Shahar xo‘jaligini yuritish, obodonlashtirish va ko‘kalamlashtirish, aholi uchun qulay va zamonaviy infratuzilma yaratish va boshqa dolzarb masalalarda tajriba almashish ikki tomon uchun ham qiziqarli va manfaatli bo‘lishi ta’kidlandi.
Vinay Kumar Saksena elchixona tomonidan ilgari surilgan Dehli shahrida "O‘zbekiston" bog‘ini yaratish, o‘zbek xalqining buyuk mutafakkirlaridan biri Alisher Navoiy haykalini o‘rnatish kabi takliflarni qo‘llab-quvvatladi hamda ushbu loyihalarni hayotga tatbiq etish bo‘yicha birgalikda ishlashga tayyorligini bildirdi.
Toshkent hokimligi va Dehli gubernatori ma’muriyati o‘rtasida delegatsiyalar almashish, joylarda birgalikda amalga oshiriladigan loyihalarni o‘rganish, ilm-fan, madaniyat, turizm, sport va boshqa yo‘nalishlarda turli qo‘shma tadbirlar tashkil etish va boshqa o‘zaro manfaatli masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron urushmoqda, Rossiya nega jim?
Jahon | 00:15
-
Trampning «Amerika smartfoni» aslida xitoyniki bo‘lib chiqdi - OAV
Fan-texnika | 00:03
-
Putin nega Rossiya Eronni qo‘llab-quvvatlamagani haqidagi savolga javob berdi
Jahon | 23:24 / 20.06.2025
-
So‘m 5 kunda 2 foizga mustahkamlandi. Bunga nimalar ta’sir qilyapti?
Iqtisodiyot | 22:56 / 20.06.2025
Mavzuga oid

22:30 / 30.05.2025
“Sotilmaydi”, lekin sotuvda: Bektemirdagi bog‘ atrofida nima bo‘lyapti?

10:24 / 15.05.2025
Yangi Toshkent hududining 30 foizi bog‘ va xiyobonlar uchun ajratiladi

22:37 / 09.05.2025
Urganch-Istanbul-Urganch reys texnik sabablarga ko‘ra bekor qilindi

11:00 / 04.05.2025