Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
8–10 avgust kunlari Xiva shahrida an’anaviy “Qovun sayli” bo‘lib o‘tadi
Ming yillik an’analar asosida o‘tkazib kelinayotgan, zamonaviy turizm va madaniy tadbirlar bilan uyg‘unlashgan “Qovun sayli” festivali bu yil 8–10 avgust kunlari Xorazm viloyatining qadimiy markazi Xiva shahrida - Ichanqal’a va Arda Xiva majmualarida tantanali ravishda o‘tkaziladi.

Foto: Xorazm viloyati hokimligi
Ushbu festival O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 26 apreldagi “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, Xorazm viloyati hokimligi tomonidan amalga oshirilmoqda.
Qovun sayli Xorazmning agroturizm salohiyatini keng targ‘ib etish, qadimiy qovunchilik va bog‘dorchilik an’analarini qayta tiklash, ilmiy asoslangan eksportbop navlarni ommalashtirish, xorijiy mehmonlarga milliy madaniyat va mehmonnavozlik an’analarini tanitish, xalqimizga unutilmas bayram tuhfa etish maqsadida tashkil etilyapti.
Festival doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyat shahar-tumanlari o‘z hududlarida yetishtirilgan shirin qovunlarning ko‘rgazma-savdosini o‘tkazadi. Pavilonlar hududiy rang-baranglik asosida bayramona bezatiladi.
Shuningdek, teatrlashtirilgan sahnalar, qo‘g‘irchoq teatri va milliy liboslar namoyishi, milliy taomlar, Xorazm nonlari va hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmalari, badiiy jamoalar, folklor guruhlarining jonli ijro chiqishlari, mahorat darslari, tasviriy va amaliy san’at asarlari ko‘rgazmasi tashkil etiladi.
“Qovun sayli” da faol ishtirok etgan, hududlardan kelgan jamoalar turli nominatsiyalar asosida Xorazm viloyat hokimligining qimmatbaho sovg‘alari (avtomobillar…) bilan taqdirlanadi.
Festivalning asosiy tadbirlari mahalliy va xorijiy yulduzlar ishtirokidagi galakonsertlar bilan o‘tkaziladi:
8 avgust – Ichanqal’a:
• Dj Meaghan (Belgiya)
• Mustafa Ceceli (Turkiya)
• Hamdam Sobirov (O‘zbekiston)
9 avgust – Ichanqal’a:
• Dj Dianella (Qozog‘iston)
• Djoni (Rossiya)
• Tohir Sodiqov (O‘zbekiston)
10 avgust — festivalning yopilish marosimi “Arda Xiva” zamonaviy turizm majmuasida o‘tkaziladi. Unda Roza Zergerli (Ozarbayjon), G‘ulomjon Yoqubov, Yulduz Turdiyeva, Gulsanam Mamazoitova va Xorazm yulduzlari ishtirok etadi.
“Qovun sayli”da minglab xorijiy sayyohlar ishtirok etishi kutilmoqda. Ular Sharq an’analari, mehnat madaniyati, ilm-fan va madaniy diplomatiya uyg‘unlashuvining betakror bayramiga guvoh bo‘lishadi.
Qadim va navqiron Xiva barchangizni Qovun sayliga taklif qiladi!
Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
Xorazm vohasi azaldan tilyorar qovunlari bilan tanilgan. Mashhur sayyohlar — arab olimi Ibn Battuta va venger sharqshunosi Herman Vamberi Xorazm qovunlarini dunyodagi eng sara, ta’mi, hidi va saqlash usuli bilan ajralib turadigan mahsulot sifatida alohida ta’riflaganlar. Qovun bu zaminda shunchaki poliz mahsuloti emas — u mehnat madaniyati va tabiiy meros timsoli sanalgan.
Xorazm vohasida qadimdan 400 dan ortiqda qovun navlari yetishtirilgan. So‘nggi yillarda “Ko‘k gurvak”, “Oq novvot”, “Kichkintoy”, “Beshak”, “Ichi qizil”, “Chorjo‘y gulobi” kabi qadimiy navlar qayta tiklandi.
Seleksioner olimlar tomonidan eksportbop, oqpalak kasalligiga chidamli, yuqori hosilli navlar yaratildi: “Gurlan”, “Amudaryo”, “Gulobi Xorazmi”, “Saxovat”, “Zargulobi” va boshqalar.
Urganch davlat universiteti qoshida tashkil etilgan Qovunchilik markazida bugun 127 xil urug‘ namunasi genofond sifatida saqlanmoqda. Bu markazda ilmiy klaster tamoyili asosida issiqxona va ochiq maydonlarda yetishtirish, polizchilik sohasida mutaxassislar tayyorlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Tashkilotchi:
Xorazm viloyati hokimligi
Manzil: Xiva shahri, Xorazm viloyati
Reklama huquqi asosida
Tavsiya etamiz
Yil uchrashuvi: Alyaskada nima bo‘ladi?
Jahon | 20:43 / 11.08.2025
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentning Bektemir tumanidagi ko‘pqavatli uyda yong‘in yuz berdi
Jamiyat | 14:06
-
YeI Alyaskadagi sammit oldidan Ukrainani qo‘llab-quvvatlovchi bayonot qabul qildi
Jahon | 13:45
-
Uysizlarni haydayotgan Tramp, G‘azoda halok bo‘lgan jurnalistlar va Ozarboyjonning Ukrainaga yordami – kun dayjesti
Jahon | 13:43
-
“Akamni olib kelish uchun urushga borgandim”, “Vazifamiz Toretskni ishg‘ol qilish edi” – Rossiya armiyasiga yollangan ikki yigit hikoyasi
Jamiyat | 13:39
Mavzuga oid

08:05
Xivada «Qovun sayli» festivali o‘tkazildi

13:40 / 07.08.2025
Xorazmda 119 nafar xodimga 1,3 mlrd so‘mlik ish haqi undirib berildi

07:41 / 22.07.2025
Xivada an’anaviy "Qovun sayli" festivali bo‘lib o‘tadi

19:31 / 08.07.2025