Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Husanov – bizga yetishmayotgan o‘ziga xos sifatlarga ega futbolchi». Gvardiola Abduqodirning asosiy ustunligini aytdi
«Manchester Siti» ustozi Pep Gvardiola klub rasmiy saytiga bergan intervyusida Abduqodir Husanovni qachon transfer qilishga qaror qilgani, himoyachidagi o‘ziga xos sifatlar haqida gapirdi.

Foto: Manchester Siti
«Chelsi»ga qarshi o‘yin oldidan klub rasmiy sayti Gvardiolaning so‘zlarini keltirarkan, Pep mavsum boshida himoya chizig‘idagi jarohatlar sabab Husanovni qishki transfer oynasidayoq sotib olish asosiy maqsadlardan biriga aylanganini ta’kidladi. Shuningdek, klub o‘zbekistonlik himoyachini o‘tgan yozdan buyon kuzatib kelganini ma’lum qildi.
Husanov bilan shartnoma tuzish taklifi qachon paydo bo‘lgani haqida so‘ralganda, Pep shunday javob berdi:
«Yozda Chiki Begiristayn va uning xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazib, barcha pozitsiyalardagi nomzod o‘yinchilar haqida gaplashganmiz. O‘shanda ular Husanov haqida aytishgandi.
Jon (Stounz), Natan (Ake), Ruben (Diash) va Manu (Akanji) bilan bog‘liq vaziyat sabab qishki transfer bozoriga chiqishga qaror qildik. Ko‘pchilik uni kelajak uchun deb hisoblashadi, chunki biz bir yillik o‘yinchi olmaymiz, ularning katta kelajagi bor. Abduqodir bizga yetishmayotgan o‘ziga xos sifatlarga ega futbolchi. Shu bois uni sotib olishga qaror qildik.
U bizga yordam bera oladi, bunga ishonchim komil. Ha, u yosh va Vitor kabi o‘sishda davom etadi. Yozgi yig‘in bilan tayyorgarlik ko‘rish afzal bo‘lardi, ammo u hozir ham biz uchun muhim o‘yinchi bo‘ladi.
Husanov markaziy himoyachi sifatida, markazda ham, o‘ng qanotda yoki uchlik himoyada ham o‘ynay oladi. Turli pozitsiyalarda harakat qilishi mumkin», - deydi murabbiy.
Husanovning asosiy afzalliklaridan biri — uning tezligi. Pepning fikricha, bu qarshi hujumlarni bartaraf etishda yordam beradi, ammo jamoa to‘pni yaxshiroq nazorat qilishga ko‘proq e’tibor qaratishi kerak.
«Husanovning faqatgina tezligi bizga yordam beradi, deb o‘ylamayman, — dedi Gvardiola.
— Uning tezligi, albatta, muhim, ammo muammomiz – to‘p nazorati bilan bog‘liq. Misol uchun «PSJ»ga qarshi bahsda ulardan ko‘proq yugurdik. Biz himoyaviy o‘yinimiz bilan maqtana olmaymiz, to‘p bilan o‘ynaganda yaxshimiz. To‘p bilan harakatimiz o‘tgan yillarga nisbatan yomonroq. Unga yaxshiroq egalik qilishimiz kerak. Agar to‘pni noto‘g‘ri uzatsak, ish juda qiyinlashadi. Futbolda asosiysi — to‘p bilan nima qila olishing», - deya Pep Gvardiolaning so‘zlarini keltiradi klub matbuot xizmati.
Ma’lumot uchun, APL 23-turi doirasidagi «Man Siti» va «Chelsi» uchrashuvi 25 yanvar, shanba kuni soat 22:30da boshlanadi. Manchester klubi 38 ochko bilan 5-o‘rinda, London jamoasi esa 40 ochko bilan 4-pog‘onadan joy olgan. YeChL guruh bosqich so‘nggi turida esa «Siti» «Bryugge»ni mag‘lub etibgina keyingi bosqichga yo‘llanma olishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ko‘paygan suvda cho‘kishlar, ruhiy «nosog‘lom» mintaqa, shifokorlarga hujum va Rog‘un GESidan 20 yillik shartnoma
Jahon | 14:06
-
Saudiyada 20 yil komada yotgan shahzoda vafot etdi
Jahon | 13:47
-
O‘zbekistonda 2026 yildan AI-80dan to‘liq voz kechiladi: bozorda defitsit yuzaga kelmaydimi?
O‘zbekiston | 12:22
-
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00
Mavzuga oid

02:13 / 14.07.2025
«Chelsi» finalda dahshatli «PSJ»ni yirik hisobda yengdi

17:41 / 13.07.2025
Yozning asosiy o‘yini: «PSJ» va «Chelsi» klublar mundiali finalida to‘qnashadi

11:05 / 09.07.2025
«Chelsi»da yangi yulduz porlamoqda. Joau Pedru sobiq jamoasini ayamadi va londonliklarni finalga olib chiqdi

12:21 / 01.07.2025