Temur Kapadze O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Temur Kapadze milliy jamoa bosh murabbiyi etib tayinlanganini rasman tasdiqladi.

Foto: UFA
Qayd etilishicha, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi milliy jamoa bosh murabbiyligi uchun bir qator nomzodlarni o‘rganib chiqqan va tahlil qilgan. Mahalliy va xorijlik tajribali mutaxassislar bilan muzokaralar o‘tkazgan. Shu bilan birga, murabbiylar kengashi tomonidan taqdim etilgan tavsiyalar ham batafsil ko‘rib chiqilgan.
«Jahon chempionati saralashining hal qiluvchi o‘yinlariga oz vaqt qolganini hisobga olib, jamoa va futbolchilar bilan yaqindan tanish bo‘lgan, uzoq yillar davomida milliy jamoa safida to‘p surgan hamda bosh murabbiy va yordamchi murabbiy sifatida faoliyat olib borgan, shuningdek, O‘zbekiston Olimpiya jamoasi bilan tarixiy natijaga erishgan Temur Kapadze nomzodi ilgari surildi. Hozirgi yuzaga kelgan holatda O‘FA aynan Kapadzening murabbiylik iste’dodi, mas’uliyati, jamoa a’zolari orasida mavqei, qolaversa doimo yuqori maqsad sari intilish kabi jihatlari orqali muhim uchrashuvlarda ijobiy natija ko‘rsatishiga ishonadi», — deyiladi tashkilot xabarida.
Ta’kidlanishicha, Temur Kapadze ayni kunlarda Qatarda yig‘in o‘tkazayotgan O‘zbekiston milliy jamoasiga qo‘shilib, jamoa boshqaruvini qo‘lga oladi.
Avvalroq, O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar sababli O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan tuzilgan shartnomani o‘zaro rozilik bilan bekor qilishga qaror qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, 43 yoshli Temur Kapadze 2024 yilda O‘zbekiston olimpiya jamoasini futbolimiz tarixida ilk bor Olimpiadaga olib chiqqan va yakunda O‘zbekistonda yilning eng yaxshi murabbiyi sifatida e’tirof etilgandi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy jamoasi 27 yanvar kuni Dohada Iordaniyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi. Bu bahsga asosan Superligada to‘p surayotgan o‘yinchilar jalb etilgan. Milliy jamoamiz 20 mart kuni JCh-2026 saralashi doirasida Toshkentda Qirg‘izistonni qabul qilsa, 25 mart kuni Tehronda Eron milliy jamoasi mehmoni bo‘ladi. Ushbu bahslardagi muhim ochkolar jamoamizga ilk bor jahon chempionati yo‘llanmasini keltirishi mumkin. Vakillarimiz hozirda 13 ochko bilan A guruhida 2-o‘rinda bormoqda.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
JSST zararli mahsulotlar narxini oshirishga chaqirdi
Jahon | 23:50 / 02.07.2025
-
Andijonda profilaktika inspektori pichoqlandi, Qo‘yliq yo‘lida megatirbandlik yuzaga keldi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:39 / 02.07.2025
-
Ozarboyjon–Rossiya ziddiyatlari nimadan darak?
Jahon | 23:12 / 02.07.2025
-
Yevropa AQShning Kiyevga zenit raketalari yetkazib berishni to‘xtatish qaroridan «hayratga tushdi»
Jahon | 23:03 / 02.07.2025
Mavzuga oid

18:31 / 30.06.2025
Hirosimadan Abu Dabigacha. O‘zbek futboli tarixidagi 10 ta muhim g‘alaba

16:12 / 14.06.2025
Jahon chempionatiga chiqish O‘zbekistonga qancha daromad keltiradi?

00:13 / 11.06.2025
Bayram bayramday bo‘ldi. O‘zbekistonning tarixiy o‘yinidan Kun.uz fotoreportaji

18:33 / 10.06.2025