Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Apple yangilangan iOSʼdan sun’iy intellekt asosida ishlaydigan funksiyasini o‘chirib qo‘ydi
Bunga BBC xizmatining shikoyati sabab bo‘lgan. Katta hajmli ma’lumotlarni qisqartirib taqdim etishga mo‘ljallangan funksiya sarlavhalar ma’nosini o‘zgartirib yuborayotgani aniqlangan.

Foto: Shutterstock
Apple BBC shikoyatidan keyin sun’iy intellekt asosida ishlaydigan Notification Summaries yangiliklardan xabardor qilish servisi faoliyatini to‘xtatib qo‘ydi, deb xabar bermoqda The Guardian.
Notification Summaries — bu yangilik yoki katta hajmdagi xabarlarni sun’iy intellekt yordamida qisqa ko‘rinishga keltiradigan funksiya. 2024 yil noyabrda foydalanuvchilar Notification Summaries yolg‘on xabarlar berib, sarlavhalar ma’nosini o‘zgartirib yuborayotganini payqab qolgan edi.
Dekabr oyida BBC Apple kompaniyasini sudga berdi. Sun’iy intellekt yordamida tayyorlangan xabar BBC News tibbiy sug‘urta kompaniyasi direktori Brayan Tompsonni o‘ldirishga ayblanayotgan Manjone o‘z joniga qasd qilgani to‘g‘risida maqola e’lon qilgandek taassurot uyg‘otgan. Aslida esa bunday bo‘lmagan.
«Ommaviy axborot vositalariga tegishli noto‘g‘ri ma’lumotlarning avtomatlashtirilgan tarzda taqdim etilishi OAV obro‘siga putur yetkazadi va aholining dolzarb voqealar haqida ishonchli ma’lumot olish huquqiga tahdid soladi», — deyilgan edi murojaatda.
Buyuk Britaniya jurnalistlar milliy ittifoqi servis mavjud yolg‘on ma’lumotlarni tarqatib yuborishga xizmat qilmasligi uchun uni o‘chirib tashlashga chaqirgan. Apple kompaniyasi mazkur holatga munosabat bildirib, Notification Summaries funksiyasi iOS 18.3 yangilanishida o‘chirib qo‘yilishini ma’lum qildi.
Notification Summaries funksiyasi Appleʼning sun’iy intellektni joriy etish bo‘yicha Apple Intelligence strategiyasining bir qismi edi.
iOS 18.3 yangilanishi 16 yanvar kuni tadim etildi. U Amerika texnogigantining 2025 yildagi operatsion tizimini birinchi muhim yangilanishi deb atamoqda. Asosiy o‘zgarishlar xatoliklarni to‘g‘irlash va operatsion tizim bilan o‘zaro aloqa qulaylashishi uchun ayrim muhim funksiyalarni qayta sozlash bo‘ldi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tojikistonda 10ta yangi tarixiy-madaniy meros yodgorliklari topildi
Jahon | 23:31
-
Bolqon olov ichida qoldi
Jahon | 23:23
-
Shaolin ibodatxonasi bosh rohibi qasamyodni buzish va talon-torojda gumonlanmoqda
Jahon | 22:40
-
Ukraina to‘rt davlat kompaniyalari va fuqarolariga nisbatan sanksiyalar kiritdi
Jahon | 22:11
Mavzuga oid

18:30
Sun’iy intellekt sohasida AQSh yetakchi, Xitoy ikkinchi o‘rinda

23:45 / 24.07.2025
Sun’iy intellekt olimlarga Qadimgi Rim tarixidagi bo‘shliqlarni to‘ldirishga yordam beradi

22:18 / 22.07.2025
Eron davlat xodimlarining iPhone’lari Isroil bilan urush oldidan kiberhujumga uchradi – OAV

15:35 / 17.07.2025