Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda UzFace fuqarolarni aniqlash tizimi sinov tariqasida joriy etilishi mumkin
Toshkent temiryo‘l vokzallariga kirish joylarida UzFace fuqarolarni aniqlash tizimini sinov tariqasida joriy etish rejalashtirilmoqda.

Foto: Shutterstock
Vazirlar Mahkamasining "2025-2026 yillarda sun’iy intellekt texnologiyalari sohasidagi ustuvor loyihalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan 2025-2026 yillarda sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha ustuvor loyihalar ro‘yxati tasdiqlandi:
Raqamli texnologiyalar vazirligi tizimiga kiruvchi tashkilotlar tomonidan (64 ta loyiha);
vazirlik va idoralar tomonidan (22 ta loyiha).
Xususan, ustuvor loyihalar qatorida quyidagilarni ta’kidlash mumkin:
- farmatsevtika preparatlari bozori ehtiyojlarini tahlil qilish va bashorat qilish uchun dasturiy ta’minot ishlab chiqish;
- klinik qarorlar qabul qilishni avtomatlashtirish va tibbiy yordam sifatini oshirish uchun sun’iy intellektga asoslangan raqamli tibbiy yordamchi dasturiy ta’minotini ishlab chiqish;
- o‘smalar, yallig‘lanish jarayonlari va boshqa patologik o‘zgarishlarni aniqlash uchun kompyuter tomografiyasi va rentgenografiya tasvirlarini tahlil qiluvchi dasturiy mahsulot yaratish;
- aerokosmik monitoring sharoitida qishloq xo‘jaligi ekinlari (bug‘doy va paxta) hosildorligini bashorat qilish bo‘yicha tanlangan hududlarda pilot loyihasini amalga oshirish;
- quyosh panellarini joylashtirishning mavjud sxemalarini va o‘rnatish uchun yuqori samarali joylarni aniqlashda kosmik monitoringda sun’iy intellektdan foydalanish, tanlangan hududlarda tajriba loyihasini amalga oshirish;
- Toshkent temiryo‘l vokzallariga kirish joylarida UzFace fuqarolarni aniqlash tizimini sinov tariqasida joriy etish va hokazo.
Raqamli texnologiyalar vazirligi 2026 yil 1 iyunga qadar Toshkent shahridagi Inha universiteti uchun parallel hisoblash, mashinali o‘rganish va sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha boshqa loyihalar uchun yuqori unumli hisoblash klasteri hamda katta ma’lumotlar bazalari uchun uskunalar, shu jumladan grafik protsessorlar (GPU) xarid qilinishini ta’minlashi lozim;
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
G‘azoda boshlangan vaqtinchalik tinchlik rejimi, Yevropa bilan kelishib olgan Tramp va Malayziyadagi muzokaralar – kun dayjesti
Jahon | 13:58
-
Salkam 4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan qurilish ombori aniqlandi
Jamiyat | 13:38
-
Rossiyada maktab chatlarini Max davlat messenjeriga o‘tkazish sinovdan o‘tkazilyapti
Jahon | 13:21
-
Toshkentda hujjatlari to‘liq bo‘lmagan 59 ta uy-joy qurilishi to‘xtatildi
Ko‘chmas mulk | 13:15
Mavzuga oid

11:04
Prezident farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosi nazorati kuchaytiriladi

18:30 / 27.07.2025
Sun’iy intellekt sohasida AQSh yetakchi, Xitoy ikkinchi o‘rinda

23:45 / 24.07.2025
Sun’iy intellekt olimlarga Qadimgi Rim tarixidagi bo‘shliqlarni to‘ldirishga yordam beradi

13:55 / 24.07.2025