AQShning bo‘lajak moliya vaziri Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishga va’da berdi
AQSh moliya vaziri lavozimiga nomzod Skott Bessent Ukrainadagi urushni tugatish uchun Rossiyaga qarshi neft bo‘yicha sanksiyalarni kuchaytirishga va’da berdi.

Foto: AFP
AQSh moliya vaziri lavozimiga nomzod Skott Bessent Rossiyaga qarshi neft bo‘yicha sanksiyalarni kuchaytirishga chaqirdi. Bu haqda u 16 yanvar, payshanba kuni AQSh Senati moliya qo‘mitasining eshituvlarida aytib o‘tdi. Tadbir Associated Press (AP) tomonidan translatsiya qilindi.
Senator-demokrat Uorner: «Biz yetarlicha ish qilmadik»
Rossiya va Ukrainaga nisbatan siyosat masalasini senator-demokrat Mark Uorner ko‘tardi. «Men shuni his qilyapmanki, biz Vladimir Putinga Ukrainadagi tajovuzkor va dahshatli xatti-harakatlari uchun munosib javob bera olmaymiz», deb shikoyat qildi qonun chiqaruvchi.
«Biz yetarlicha ish qilganimiz yo‘q. Ochig‘ini aytganda, sanksiyalar rejimi, menimcha, kerak bo‘lgan darajada samarali bo‘lmadi. Bayden ma’muriyati neft va tankerlarga qo‘shimcha sanksiyalarni joriy etishda juda kech qoldi, deb o‘ylayman», deya qo‘shimcha qildi Uorner. U Bessent sanksiyalar rejimini yanada kuchaytirishni rejalashtiryaptimi yoki yo‘qmi, shu haqda so‘radi.
Bessent "Gazprom neft" va "Surgutneftegaz"ga qarshi sanksiyalar haqida
«Ukrainada sodir bo‘layotgan fojia ongli hayotimdagi eng katta fojialardan biridir. Men moliya vaziri etib tayinlansam, uni tezroq tugatishni xohlayman», deb javob berdi Bessent.
10 yanvar kuni «Gazprom neft», «Surgutneftegaz» va boshqa o‘nlab Rossiya neft xizmatlari ko‘rsatuvchi kompaniyalari, treyderlar va tankerlarga nisbatan joriy qilingan AQSh sanksiyalarini sharhlar ekan, Bessent shunday dedi: «Oq uyning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jyeyk Sallivan ketishidan bir necha kun oldin Rossiya neft kompaniyalariga qarshi sanksiyalarni kuchaytirganini ko‘rib hayron bo‘ldim. Haqiqatan ham, bu oyda AQShda neft narxi 9 foizga oshdi».
Bessentning so‘zlariga ko‘ra, yaqin vaqtgacha AQShning Rossiya neft sektoriga qarshi sanksiyalari juda zaif edi, chunki Bayden ma’muriyati, ayniqsa, AQShdagi saylov arafasida Rossiyadan eksport kamaysa, jahon bozorida va AQShning o‘zida neft narxi oshishidan xavotirda bo‘lgan. Shu bilan birga, demokratlar mahalliy neft ishlab chiqarishni chekladilar, deya ta’kidladi moliya vaziri lavozimiga nomzod. Uning ishonch bildirishicha, AQShda qazib olish hajmining oshishi Rossiya neft kompaniyalariga nisbatan sanksiyalarni kuchaytirish imkonini beradi.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina dronlari Rossiyaning Lipetsk viloyatiga hujum qildi
Jahon | 12:38
-
Hibsdagi sakkiz kishi: Rossiyada yana bir ozarboyjonlik qamoqqa olindi
Jamiyat | 12:33
-
Jitomir yaqinidagi portlashlar: ikki korxona yakson etilgan
Jahon | 12:20
-
Zangiotada sifatsiz dori vositalari va buyumlari savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 12:13
Mavzuga oid

10:29
AQSh Ukrainaga Patriot uchun raketa yetkazib berishni to‘xtatdi

15:35 / 02.07.2025
AQSh USAID dasturlarini rasman yopdi

15:24 / 02.07.2025
Paramount kompaniyasi Donald Trampga 16 million dollar kompensatsiya to‘laydi

09:49 / 02.07.2025