Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Milliy tibbiyot markazida noyob jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tkazildi
Bemor Qozog‘iston fuqarosi bo‘lib, bu amaliyot O‘zbekistonda birinchi marta o‘tkazilayotganligi bilan ahamiyatli hisoblanadi.

Foto: Milliy tibbiyot markazi
Milliy tibbiyot markazida noyob rekonstruktiv jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Markazning malakali ortoped jarrohlari tomonidan qilingan amaliyot davomida chap kichik boldir suyagi (fibula) qon tomirlari bilan birga chap tirsak suyagidagi defektni to‘ldirish uchun ko‘chirib o‘tkazildi.
Milliy tibbiyot markazi matbuot xizmati qayd etishicha, bu amaliyot O‘zbekistonda birinchi marta o‘tkazilayotganligi bilan ahamiyatli hisoblanadi.
Bemor Qozog‘iston fuqarosi bo‘lib, unga mutaxassislar tomonidan quyidagi jarrohlik ishlari bajarildi:
- Fibula suyagini ko‘chirish: Kichik boldir suyagi qon tomirlari bilan birga ehtiyotkorlik bilan olinib, hayotchanligi saqlab qolindi.
- Tirsak suyagiga biriktirish: Fibula suyagi tirsak suyagi defekti hududiga o‘rnatilib, plastinalar va vintlar yordamida osteosintez qilindi.
- Qon aylanishini tiklash: Mikroxirurgik texnika yordamida tirsak arteriyasiga anastomoz o‘rnatildi va qon aylanishi tiklandi.
- Pay va mushaklarni tiklash: Bemorning tirsakning normal funksiyasini tiklash uchun bukuvchi paylar tenonizatsiyasi bajarildi.
«Bu turdagi noyob amaliyot tibbiy texnologiyalarning yuqori darajasi va Milliy tibbiyot markazidagi jarrohlarning tajribasi natijasida muvaffaqiyatli yakunlandi. Operatsiyadan so‘ng bemorning sog‘ligi barqaror, reabilitatsiya jarayoni boshlangan. Ushbu muvaffaqiyat O‘zbekistonda yuqori texnologik jarrohlik rivojlanayotganidan dalolatdir.
Milliy tibbiyot markazi tibbiyot sohasida yuksak darajadagi xizmat ko‘rsatishda yetakchi markazlardan biri sifatida yana bir bor o‘z o‘rnini isbotladi», deyiladi markaz matbuot xizmati xabarida.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hisoblagichlarni qiyoslashdan o‘tkazish sohasiga xususiy sektor jalb qilinadi
O‘zbekiston | 09:47
-
Rossiya Axios'ning Putinning Eron bo‘yicha pozitsiyasi haqidagi ma’lumotini rad etdi
Jahon | 09:45
-
Xorijiy fuqarolarni texnikumlarga o‘qishga qabul qilish jarayoni soddalashtiriladi
O‘zbekiston | 09:41
-
YeI AQShga qarshi javob bojlarini joriy etishni 1 avgustga qoldirdi
Jahon | 09:39
Mavzuga oid

09:34 / 16.05.2025
O‘zbekistonda ilk bor robot yordamida bosh miya biopsiyasi bajarildi

12:51 / 06.02.2025
Milliy tibbiyot markazida jigar transplantatsiyasi: singil akasiga hayot tuhfa qildi

17:30 / 24.12.2024
O‘zbekistonda birinchi marta suyak infarkti jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tkazildi

18:38 / 19.12.2024