Rossiya va Litva Kaliningraddagi muzey nomi o‘zgarishi tufayli bahslashmoqda
Vilnyusda litvalik shoir Kristionas Donelaytisning Kaliningrad yaqinidagi muzeyi nomining o‘zgartirilishi tanqid qilindi. Moskva Litva prezidentining bayonotini nomaqbul deb hisobladi.

Foto: Ulf Mauder/dpa/picture alliance
Rossiya Litva prezidenti Gitanas Nausedaning Moskvani tarixni qayta yozishga yana bir urinishda ayblagan bayonotini tanqid qildi. 10 yanvar, juma kuni Nausedaning X ijtimoiy tarmog‘ida Kaliningrad oblastidagi Kristionas Donelaytis muzeyi nomi o‘zgartirilgani haqidagi postiga izoh berar ekan, Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov Litvani «do‘st bo‘lmagan davlat» deb atadi.
U Vilnyus hukumatini Rossiya Federatsiyasiga hududiy da’volarda aybladi. «Bu bizning chuqur tashvishlarimizni aks ettiradi va davlatimiz xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha joriy va istiqboldagi barcha chora-tadbirlarni asoslaydi», — dedi u.
O‘z navbatida, Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova «zamonaviy litvalik siyosatchilarni» tarixni o‘rganishga va «o‘z mamlakatlarida inson huquqlariga rioya etilishidan, shuningdek, iqtisodiy vaziyatdan tashvishlanishga» chaqirdi. «Bir necha o‘n yillik «mustaqillik»dan keyin deyarli hech narsa qolmasa, o‘zligingiz haqida shunchalik qayg‘ursangiz, nimadir qilish kerak», deb yozdi u Telegramʼda.
Vilnyus Kaliningradda litvalik shoir muzeyi nomi o‘zgartirilishini tanqid qildi
Avvalroq Nauseda X sahifasida post e’lon qilgan edi, unda u Kaliningrad yaqinida joylashgan muzey majmuasi nomini o‘zgartirish haqidagi qarorni «tarixni qayta yozishga yana bir nomaqbul urinish» deb atadi. «Hozirda Kaliningrad oblasti deb ataladigan hududga kiruvchi Kichik Litvaning eski aholisi allaqachon o‘tib ketgan bo‘lsa-da, u yerda Litva madaniyatining so‘nggi izlari saqlanib qolishi kerak. Rossiya qanchalik urinmasin, Karalyauchyus hech qachon Kaliningradga aylanmaydi», deb yozadi u. .
Avvalroq XVIII asrda yashagan litvalik shoiri Kristionas Donelaytis nomini olgan Kaliningrad muzeyi «Literaturnyy muzey v poselke Chistyye Prudy» nomiga o‘zgartirilgani xabar qilingandi. Donelaytisning merosi hali ham ko‘rgazmalar va ekskursiyalarda muhokama qilinmoqda.
Karalyauchyus (Karaliaučius) — Kaliningradning tarixiy Litva nomi. Rossiya Federatsiyasi va Ukraina o‘rtasida keng ko‘lamli urush boshlanganidan so‘ng, Litva Seymi Kaliningrad va mintaqaning litva tilidagi zamonaviy nomlarini tarixiy nomlar bilan almashtirishni taklif qildi, ammo keyinchalik bu tashabbusdan voz kechildi.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston va Afg‘oniston iqtisodiy aloqalarni faollashtirishga kelishib oldi
O‘zbekiston | 14:24
-
Sankt-Peterburgda Bosh harbiy-dengiz paradi bekor qilindi
Jahon | 14:11
-
Usta Shirin ko‘chasida Cobalt va Tracker-2 to‘qnashdi
O‘zbekiston | 14:10
-
Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari kollektorlaridan foydalanish qoidalari belgilandi
O‘zbekiston | 14:04
Mavzuga oid

10:57 / 28.06.2025
Estoniya va Litva BMTni Ottava konvensiyasidan chiqishi haqida xabardor qildi

19:13 / 23.05.2025
Litva 1 iyundan Rossiyaning nobiometrik xorijga chiqish pasportini tan olmaydi

19:20 / 19.05.2025
Litva Belarus ustidan BMT Xalqaro sudiga da’vo kiritdi

11:42 / 07.05.2025