Kolumbiyada kichik samolyot qulashi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi
Samolyot bedarak yo‘qolgani to‘g‘risida 8 yanvar kuni ma’lum qilingan. Aniqlanishicha, u Kolumbiya shimoli-g‘arbiga qulab tushgan va havo kemasi bortidagi barcha halok bo‘lgan.
Kolumbiya shimoli-g‘arbida kichik samolyot qulab tushdi. Bu haqda Antokiya departamenti Xatarlarni boshqarish byurosi departamenti Karlos Rios Puertaga tayanib, «Sinxua» agentligi xabar berdi.
8 yanvar kuni bedarak yo‘qolgan deya e’lon qilingan Pacifica Travel kompaniyasi samolyoti Kolumbiya shimoli-g‘arbidagi Antokiya departamenti hududiga qulagani aniqlandi. Uning bortida ikki nafar ekipaj a’zosi va sakkiz yo‘lovchi bo‘lgan.
«Afsuski, omon qolganlar yo‘q. Hodisa joyida 37 nafar xodim ish olib bormoqda va biz jasadlarni chiqarib olish va sud politsiyasi bilan muvofiqlashtirishni o‘z ichiga oladigan ikkinchi bosqichni tezlashtiryapmiz», — deydi Puerta.
Uning so‘zlariga ko‘ra, noqulay ob-havo sharoiti jasadlarni chiqarib olish jarayonlarini qiyinlashtirgan, chunki vertolyotlar xizmatidan foydalanish imkonsiz bo‘lib qolmoqda.
Kolumbiya Transport vazirligi va Fuqarolik aviatsiyasi boshqarmasi halok bo‘lganlar oilalariga hamdardlik bildirgan. Holat yuzasidan tergov harakatlari boshlangan.
Eslatib o‘tamiz, 29 dekabr kuni Bangkokdan parvoz qilgan Jeju Air aviakompaniyasining Boeing 737-800 samolyoti uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketdi va Janubiy Koreyaning Muan okrugidagi aerodrom panjarasiga borib urilgandi. Ushbu halokat bortdagi 181 kishidan 179 nafarining hayotiga zomin bo‘lgan.
Undan oldinroq, 25 dekabr kuni Bokudan Grozniyga uchgan Azerbaijan Airlines (AZAL) samolyoti Oqtov yaqinida halokatga uchrashi oqibatida 38 kishi halok bo‘lgandi.
Tavsiya etamiz
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Superliga. «Paxtakor» «Navbahor»ni mag‘lub etdi, «Dinamo»-«Nasaf» o‘yini durang bilan yakunlandi
Sport | 23:58 / 06.07.2025
-
Pokistonda 5 qavatli bino qulab tushdi. Qurbonlar bor
Jahon | 23:25 / 06.07.2025
-
Britaniya buyurtmalar yo‘qligi bois Eurofighter Typhoon qiruvchilarini ishlab chiqarishni to‘xtatdi
Jahon | 22:38 / 06.07.2025
-
Xitoy Putindan NATOga hujum qilishni so‘raydi - alyans bosh kotibi
Jahon | 22:07 / 06.07.2025
Mavzuga oid

07:51 / 28.06.2025
Kolumbiyada yuz bergan ko‘chki oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi

16:02 / 08.06.2025
Kolumbiyada saylovoldi mitingida chiqish qilayotgan senatorga suiqasd uyushtirildi - video

00:35 / 07.05.2025
Kolumbiyada 6 ta maymunni bojxonadan ishtonlariga yashirib olib o‘tishga uringan shaxslar ushlandi

22:36 / 24.04.2025