Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yolni hibsga olish orderi muddati uzaytirildi
Lavozimidan vaqtinchalik chetlatilgan prezidentni hibsga olish bo‘yicha 3 yanvar kungi birinchi urinish samarasiz bo‘lgan edi.

Foto: Getty Images
Janubiy Koreya sudi mamlakat prezidenti Yun Sok Yolni hibsga olish orderi muddatini uzaytirish haqida qaror chiqardi, deb xabar berdi Yonhap.
6 yanvar kuni Yuqori lavozimli amaldorlarga qarshi antikorrupsiya tekshiruvi boshqarmasi (CIO) rasmiylari Seul G‘arbiy okrug sudiga hibsga olish to‘g‘risidagi orderni uzaytirish bo‘yicha da’vo arizasi kiritgan edi. Avvalgi orderning muhlati 6 yanvar kuni tugadi.
Tergovchilar yangi order muddati haqida ma’lumot bermadi. Odatda u 7 kunga teng, biroq, Yunni qo‘lga olish bilan bog‘liq qiyinchiliklar tufayli bundan ham uzoq muddatga uzaytirilgan bo‘lishi mumkin.
Lavozimidan vaqtinchalik chetlatilgan prezident Yun Sok Yolni hibsga olish bo‘yicha 3 yanvar kungi birinchi urinish samarasiz bo‘ldi. Uni ushlash uchun borgan politsiya vakillari Yun tarafdorlari va qo‘riqchilari qarshiligiga duch keldi va ortga qaytishga majbur bo‘ldi.
3 dekabr kuni Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol mamlakatda harbiy holat joriy etilganini ma’lum qildi. Keyinchalik u parlament deputatlari qarshiligi tufayli, harbiy holatni bekor qilishga rozi bo‘ldi. Mamlakatda harbiy holat taxminan besh soat davom etdi.
Shundan so‘ng, parlament prezidentga impichment e’lon qilib, lavozimidan vaqtincha chetlatdi. Harbiy holat e’lon qilinishi bo‘yicha jinoyat ishi ochildi.
Keyinroq, Yun Sok Yol prezident qarorgohi yonida to‘plangan o‘z tarafdorlariga yozma murojaat yo‘llab, unda «Janubiy Koreyaga tahdid solayotgan davlatga qarshi kuchlarga» qarshi kurashni davom ettirishga va’da berdi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Beeline Academy 1000 nafar informatika o‘qituvchisi uchun sun’iy intellekt bo‘yicha bepul kurslarga qabulni boshladi
O‘zbekiston | 17:00
-
Toshkentda yigit ginekolog shifokor nomiga soxta profil ochib, ayollarga pulli maslahat berib kelgani aniqlandi
Jamiyat | 16:57
-
Oylikni keyingi oylikkacha yetkazish: samarali taqsimot
Jamiyat | 16:54
-
Toshkentda 26 ta ko‘cha tunu-kun ishlaydigan gavjum maskanga aylantiriladi
O‘zbekiston | 16:51
Mavzuga oid

09:56
O‘zbekistonning Koreyadagi turizm brendi elchisi tayinlandi

23:21 / 07.07.2025
Tramp 1 avgustdan Janubiy Koreya va Yaponiya tovarlariga 25 foizli bojlar joriy etilishini e’lon qildi

17:11 / 06.07.2025
Janubiy Koreya prokuraturasi sobiq prezidentni yana hibsga olishni so‘ramoqda

16:46 / 05.07.2025