O‘zbekiston aql darajasi reytingida yuqoriladi
Mamlakat IQ darajasini aniqlash bo‘yicha reytingdagi 127 davlat ichida 69-o‘rinni egalladi.

Foto: Getty Images
Xalqaro IQ reyestri dunyoning turli mamlakatlaridagi o‘rtacha IQ (Intelligence quotient, intellekt koeffitsiyenti – inson aql darajasining miqdoriy bahosi) ma’lumotlarini e’lon qildi.
Birinchi o‘rin 107,43 ball bilan Xitoyga nasib etgan bo‘lsa, O‘zbekiston 96,98 ball bilan ro‘yxatdagi 127 davlat ichida 69-o‘rinni egalladi. Dunyo bo‘yicha o‘rtacha IQ 100 ballni tashkil qiladi.
Reyting mualliflari ta’kidlashicha, tadqiqot 2024 yilda ushbu saytda bir xil testdan o‘tgan butun dunyo bo‘ylab 1,4 mln kishi ma’lumotlariga asoslangan. Ba’zi mamlakatlar ma’lumotlar yo‘qligi sababli kiritilmagan. Reyting har yili 1 yanvarda yangilanadi.
«Mamlakatlar bo‘yicha o‘rtacha IQ Sharqiy Osiyoda yuqoriroq. O‘rtachaga yaqin - Yevropa, G‘arbiy Osiyo, Okeaniya, Shimoliy Amerika va Shimoliy Afrikada. Markaziy va Janubiy Afrika hamda Lotin Amerikasida o‘rtachadan past», deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, test sinovida O‘zbekistondan 8986 kishi ishtirok etgan. O‘tgan yili bu ko‘rsatkich 94,81 ballga teng edi, bu yil 2,17 ga oshgan.
Kuchli uchlikka Xitoy (107,43), Eron (106,63) va Janubiy Koreya (106,57) kirdi. Gabon 85,56 ball bilan so‘nggi o‘rinni egalladi.
Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida Qozog‘iston 66-o‘rinda (97,27), Qirg‘iziston 84-o‘rinda (95,0), Tojikiston 96-o‘rinda (93,75), Turkmaniston haqida ma’lumot yo‘q.
Tadqiqotchilar ta’kidlaganidek, mamlakatdagi o‘rtacha IQ miqdoriga quyidagilar ta’sir qiladi:
- Yuqumli kasalliklar: 2010 yilgi tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, yuqumli kasalliklar darajasi yuqori bo‘lgan mamlakatlarda odatda IQ miqdori past bo‘lgan aholi yashaydi. Ushbu kasalliklar kognitiv rivojlanishga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Afrika yuqumli kasalliklardan eng ko‘p zarar ko‘rgan qit’adir.
- Ovqatlanish odatlari: 2025 yilgi tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, yaxshi ovqatlanish odatiga ega bo‘lgan bolalar boshqa bolalarga qaraganda yuqori IQ miqdoriga ega.
- Intellektual faoliyat: 2022 yilgi tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, muntazam ravishda shaxmat o‘ynash bolalarning IQ darajasini oshirishi mumkin. 1962 yildagi yana bir tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, ikki tilda so‘zlashadigan bolalar faqat bir tilda gapiradigan bolalarga qaraganda IQ testida yuqori ball olgan.
- Genetika: 2013 yilda mingdan ortiq egizaklar ishtirokida o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, IQ 50-80 foiz genetika bilan belgilanadi.
Xulosa qilinishicha, sog‘lom ovqatlanish odatlarini targ‘ib qiluvchi va o‘z fuqarolarini intellektual rag‘batlantiruvchi faoliyat bilan shug‘ullanishga undaydigan, sog‘liqni saqlash tizimi yaxshi rivojlangan mamlakatlarda o‘rtacha IQ darajasi yuqori bo‘lgan aholi yashaydi.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyada barcha noutbuklarga mahalliy operatsion tizim o‘rnatish majburiyati yuklanadi
Jahon | 19:32
-
Tramp ma’muriyati Serbiyadan deportatsiya qilingan migrantlarni qabul qilishni so‘radi
Jahon | 19:26
-
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Qurbon hayiti bilan tabrikladi
O‘zbekiston | 18:34
-
Tinch okeanida 3 mingta avtomobil ortilgan kema yonib ketdi
Jahon | 18:26
Mavzuga oid

17:24
O‘zbekiston yashash narxi eng arzon davlatlar qatoriga kirdi

01:08 / 03.06.2025
Britaniyalik 2 yoshli bola Mensa tarixidagi eng yosh dahoga aylandi

19:49 / 27.05.2025
O‘zbekiston eng tinch davlatlar reytingida 60-o‘rinni egalladi

20:13 / 16.05.2025