Toshkentda 310 km/soat tezlikda harakatlangan mototsikl haydovchisi jarimaga tortildi
U bir mototsiklda tezlikni 310 km/soatgacha, boshqasida 299 km/soatgacha oshirgan va bu harakatlarini videoga olib, Instagram'ga joylagan. Jarimaga tortilgach, bunaqa katta tezlik uchun jarima qancha bo‘lishini obunachilaridan so‘rab, kulgan. Sahifasidagi videolarga qaraganda, uning shahar ko‘chalarida katta tezlikda haydashi birinchi marta emas.

Videolavhalardan kadrlar
Toshkentda mototsikl haydovchisi tezlikni 310 km/soatgacha olib chiqqani aks etgan videoni Instagram'ga joyladi.
Poytaxt IIBB YHXB matbuot kotibi Qahramon Xudoyberganov ma’lum qilishicha, haydovchiga MJtKning 128-3-moddasi bilan bayonnoma rasmiylashtirilgan. Bu moddada 9 BHM – 3,37 mln so‘m jarima jazosi ko‘zda tutilgan.
Qahramon Xudoyberganov mototsikl haydovchisiga nechta holat bo‘yicha bayonnoma tuzilganiga aniqlik kiritmagan. Bloger joylagan videoda qoidabuzarlik kamida ikki marta sodir etilganini ko‘rish mumkin: haydovchi BMW S1000RR rusumli mototsiklda tezlikni 310 km/soatgacha, Yamaha R1 rusumli mototsiklda esa 299 km/soatgacha olib chiqqan.
Bundan tashqari, qoidabuzarning Instagram sahifasida u avval ham tezlik bilan bog‘liq qoidabuzarliklar sodir etgani aks etgan videolarni ko‘rish mumkin.
O‘zini “O‘zbekistondagi birinchi motobloger” deb ta’riflovchi shaxs YHXB matbuot kotibining savoliga javoban 310 km/soat tezlikda harakatlangani aks etgan videosini avgust oylarida olganini aytgan va bu holat “boshqa qaytarilmasligi”ga va’da bergan.
“Tarixda birinchi marta YPX xodimi 310 tezlikka protokol tuzyapti. Endi savol-da, 310 tezlikka “shtraf” nech pul bo‘ladi? Kim nima deb o‘ylaydi?” – deya kulgan u storisga joylagan videosida.
“Hammaga rahmat. Asosiysi, kontentni to‘xtatmaymiz”, – degan u boshqa bir storisda.
Qoidabuzar tezligi bilan maqtangan videosini sahifasidan o‘chirib yubormagan.
Tavsiya etamiz
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
Hozirda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlar o‘qishini qay tartibda davom ettiradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 17.06.2025
Qo‘rquv, shok va sarosima: Eronda nimalar bo‘lmoqda?
Jahon | 19:57 / 16.06.2025
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya Finlandiya chegarasi yaqinida qo‘shinlarini ko‘paytirmoqda – OAV
Jahon | 23:56 / 18.06.2025
-
XAEA rahbari Eron yadro quroli ishlab chiqarayotganiga hech qanday dalil yo‘qligini aytdi
Jahon | 23:26 / 18.06.2025
-
Shavkat Mirziyoyev «Oltin bel» cho‘qqisidagi tog‘-chang‘i kurorti loyihasi bilan tanishdi
Jahon | 23:06 / 18.06.2025
-
Eronda internetga kirish cheklab qo‘yildi
Jahon | 22:21 / 18.06.2025
Mavzuga oid

20:28 / 18.06.2025
Xorazmda Tico ag‘darilib, 18 yoshli yigit halok bo‘ldi

20:22 / 18.06.2025
Qo‘yliq bozorida bo‘g‘ma ilonlarni noqonuniy sotayotganlar jazolandi

11:22 / 18.06.2025
Urgutda sud raisi YTH qurboni bo‘ldi

18:12 / 15.06.2025