Islom hamkorlik tashkiloti o‘zbekistonlik tadqiqotchilar uchun grant dasturlarini ishlab chiqadi
O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayev Islom hamkorlik tashkilotining Ilmiy va texnologik hamkorlik bo‘yicha doimiy qo‘mitasi (COMSTECH) bosh koordinatori Iqbol Choudri bilan uchrashdi.

Foto: Dunyo
Muloqot chog‘ida ilm-texnologik yo‘nalishda hamkorlikni kengaytirish, o‘zaro manfaatli loyihalar va tashabbuslarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.
COMSTECH bosh koordinatori so‘nggi yillarda ilm-fan, innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish va ularni milliy iqtisodiyot tarmoqlarida bevosita qo‘llash borasida O‘zbekiston erishayotgan yutuqlarni yuqori baholab, bularning barchasi davlat rahbari tomonidan ta’lim va innovatsion rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlarning natijasi ekanini e’tirof etdi.
"O‘zbekiston zaminida yetishib chiqqan buyuk mutafakkirlar, qomusiy olimlar va ulamolarning dunyo ilm-faniga va islom sivilizatsiyasiga qo‘shgan ulkan hissasi hech kimga sir emas. O‘zbekiston, xususan mamlakat OTMning yuqori ilmiy salohiyatidan yaxshi xabardormiz. Ushbu salohiyatni xalqaro platformalar orqali jahon ilmiy hamjamiyatiga namoyish qilish muhim. Shunga ko‘ra COMSTECH 57 ta mamlakat ilmiy doiralari bilan hamkorlik uchun "noyob eshik" vazifasini o‘tashi mumkin", – deya qayd etdi tashkilot rahbari.
Iqbol Choudri boshchiligidagi delegatsiyaning shu yilda O‘zbekistonga tashrifini tashkillashtirib, tashrif doirasida ilm-fan, oliy akademik ta’lim yo‘nalishida hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish, o‘rta va uzoq muddatga mo‘ljallangan qo‘shma harakatlar rejasini ishlab chiqish tomonlar ish jadvaliga kiritildi.
O‘zbekistondan yetishib chiqqan buyuk mutafakkirlarning insoniyat ilm-fani taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi to‘g‘risida xalqaro tadbirlar, ularning ilmiy merosini o‘rganish va targ‘ib qilish maqsadida hamkorlikda astronomiya, geografiya, fizika fanlaridan xalqaro musobaqalar, olimpiadalar tashkil etishga, talabalar va tadqiqotchilar uchun grant dasturlarini ishlab chiqishga kelishildi.
Tavsiya etamiz
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron 400 kilodan ortiq boyitilgan uranni AQSh zarbalaridan yashirishga ulgurgan - Yevropa razvedkasi
Jahon | 23:36 / 26.06.2025
-
XVJ daromad solig‘ini tabaqalashtirishga chaqirdi. Iqtisodchi bunga qarshi to‘rtta sabab keltirdi
Iqtisodiyot | 23:08 / 26.06.2025
-
AQSh 2026 yilda yadro triadasini rivojlantirishga 60 mlrd dollar sarflashni rejalashtirmoqda
Jahon | 22:51 / 26.06.2025
-
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Belarusga yetib bordi
O‘zbekiston | 22:32 / 26.06.2025
Mavzuga oid

11:26 / 07.06.2025
Qaysi toifadagi talabalardan o‘qishni tugatguncha granti olib qo‘yilmaydi?

09:40 / 16.04.2025
AQSh O‘zbekistonga ajratiladigan grantni bekor qildi

16:57 / 14.04.2025
Islom taraqqiyot banki O‘zbekiston ta’lim tizimiga 40 million dollar grant ajratadi

14:25 / 31.03.2025