Jamiyat | 20:03 / 03.01.2025
3732
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentning ayrim ko‘chalarida transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi

Toshkent shahrida 5 yanvar kuni harbiy-vatanparvarlik paradi o‘tkaziladi. Shu bois qator ko‘chalarda transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi.

Toshkent ko‘chalarida 5 yanvar kuni harbiy-vatanparvarlik paradi o‘tkaziladi. Bu haqda poytaxt IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Shu munosabat bilan quyida keltirilgan ko‘chalarda soat 11:00 dan soat 13:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida avtotransport vositalari harakati vaqtinchalik cheklanadi:

  • Qoraqamish — Sag‘bon ko‘chalari chorrahasidan Sag‘bon ko‘chasi bo‘ylab KHAY — Sag‘bon ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha;
  • KHAY — Sag‘bon ko‘chalari chorrahasidan Sag‘bon ko‘chasi bo‘ylab Nurafshon — Sag‘bon ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha;
  • Nurafshon — Sag‘bon ko‘chalari chorrahasidan Sag‘bon ko‘chasi bo‘ylab Farobiy — Sag‘bon ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha;
  • Zarqaynar — Sag‘bon ko‘chalari aylanma harakatidan Zarqaynar ko‘chasi bo‘ylab Zarqaynar — Alisher Navoiy ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha;
  • Zarqaynar — Alisher Navoiy ko‘chalari kesishgan chorrahasidan Furqat ko‘chasi bo‘ylab Furqat — Islom Karimov ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha;
  • Furqat — Islom Karimov ko‘chalari kesishgan chorrahasidan Furqat ko‘chasi bo‘ylab Furqat — Beshyog‘och ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha.

«Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilamiz», — deyiladi xabarda.

Mavzuga oid