Moldovada Rossiya aviakompaniyalari parvozlarini taqiqlash taklif etildi
Moldova Rossiya, Armaniston, Afg‘oniston hamda Eron kabi davlatlarning aviakompaniyalari parvozlarini taqiqlamoqchi. Bu milliy qonunchilikni YeI normalariga muvofiqlashtirishga qaratilgan.

Foto: Global Look Press
Moldova hukumati bir qator davlatlar, jumladan, Rossiya aviakompaniyalarining parvozlariga taqiq joriy etishni rejalashtirmoqda. Respublika Infratuzilma va hududiy rivojlanish vazirligi bu boradagi tegishli qonun loyihasini tayyorladi.
Qayd etilishicha, qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan va milliy qonunchilikni YeI normalariga muvofiqlashtirishga qaratilgan. Hujjatga muvofiq Rossiya, Armaniston, Afg‘oniston, Eron va boshqa qator davlatlarning aviakompaniyalari Moldova havo makonida ishlash taqiqlangan aviatashuvchilar ro‘yxatiga kiritiladi.
Moldova Infratuzilma vazirligining ma’lum qilishicha, mazkur loyihaning asosiy maqsadi mamlakat qonunchiligini fuqarolik aviatsiyasi sohasidagi xalqaro standartlarga moslashtirishdan iborat. Shu orqali hukumat havo transporti xavfsizligini oshirmoqchi va Moldova fuqarolarining huquqlarini himoya qilmoqchi.
Qonun qabul qilinsa, Rossiyaning «Avrora», «Aviastar-TU», «Ijavia», «Yakutiya», «RusJyet», «YuVT Aero», «Sibir», Smartavia, «IrAero», «Uralskiye avialinii», «ALROSA», NordStar, «RusLayn», «Yamalskiye avialinii», NordWind, «Ikar», Fly, «Pobeda», «Aeroflot», «Rossiya», «SKOL», Utair aviakompaniyalari taqiqqa tushadi.
Moldova YeI a’zosi hisoblanmaydi, ammo 2022 yil martda u blokka a’zo bo‘lish uchun ariza bergan. O‘sha yilning yozida Bryussel Moldovaga YeIga a’zolik maqomini taqdim etgandi. Prezident Mayya Sandu Kishinyov 2030 yilga borib Yevropa Ittifoqi a’zosiga aylanishi mumkinligini istisno etmagan.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eronning ajalvor hujumi va Tehronda navbatdagi portlashlar. Urushning uchinchi kunidagi asosiy voqealar
Jahon | 21:42 / 15.06.2025
-
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
-
Kun.uz’ning rasmiy Telegram kanalidagi nojoiz reklamalar yuzasidan obunachilarga murojaat
Jamiyat | 20:03 / 15.06.2025
-
Kiyevda Boeing ofisi zarbaga uchragan, Tataristonda dron zavodiga hujum qilindi
Jahon | 19:45 / 15.06.2025
Mavzuga oid

14:09 / 17.04.2025
Shtrak-Tsimmerman: Moldova - YeI uchun ustuvor davlat

23:40 / 08.04.2025
Rossiya aviakompaniyalariga chet el samolyotlarini ekipaji bilan birga ijaraga olishga ruxsat berildi

10:33 / 05.04.2025
Rossiya Moldovaning uch diplomatini chiqarib yuboryapti

21:06 / 02.04.2025