Rossiya Mudofaa vazirligi 19 ta dron to‘xtatilganini ma’lum qildi
Dronlar 1 yanvar kuni Moskva vaqti bilan soat 17:30 dan 20:00 gacha yo‘q qilingan, deya xabar beradi departament.

Foto: Reuters
Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimlari Belgorod, Kursk, Voronej, Bryansk va Rostov oblastlari uzra Ukraina Qurolli kuchlarining 19 ta uchuvchisiz uchoqlarini urib tushirdi.
Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabarida aytiladi.
Bayonotga ko‘ra, 1 yanvar kuni Moskva vaqti bilan soat 17:30 dan 20:00 gacha uchuvchisiz uchish apparatlari yo‘q qilingan.
Departamentning aniqlik kiritishicha, 10 ta UUA Belgorod oblasti, 3 tasi Kursk oblasti, 2 tasi Voronej oblasti, 2 tasi Bryansk oblasti va 2 tasi Rostov oblasti hududida tutib olingan.
Mavzuga oid

23:40 / 11.03.2025
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda

22:14 / 11.03.2025
KXDR Ukrainadagi urush vaqtida harbiy zavodlari maydonini kengaytirdi

14:06 / 11.03.2025
Britaniya razvedkasi: Rossiya Kursk oblastida bosimni oshiryapti

23:00 / 10.03.2025