Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koreya Samarqandda sil kasalligini aniqlash loyihasini kuchaytiradi
Seul shahrida Koreya xalqaro sog‘liqni saqlash jamg‘armasi bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Foto: Dunyo
O‘zbekiston elchixonasi tashabbusi bilan Koreya xalqaro sog‘liqni saqlash jamg‘armasi (KOFIH) prezidenti Il Su Xa bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida mamlakat ijtimoiy yo‘nalishda olib borayotgan siyosati, jumladan jamiyatning ijtimoiy himoyasini ta’minlash, aholining turmush darajasini yaxshilash, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish hamda nogironlar uchun maxsus markazlarni yaratish bo‘yicha faoliyati to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Koreya xalqaro sog‘liqni saqlash jamg‘armasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik hujjati loyihasini shakllantirish yuzasidan aniq kelishuvlarga erishildi.
Tadbir davomida O‘zbekistonda keksalar va nogironlarni qo‘llab-quvvatlash uchun kunduzgi markazlarni tashkil etish, Janubiy Koreya modeli asosida oilaviy zo‘ravonlik qurbonlariga tez yordam ko‘rsatish markazlari modelini joriy etish hamda ijtimoiy himoya va tibbiy yordam xizmatlarini integratsiyasi jarayonini takomillashtirishga ko‘maklashish bo‘yicha fikr almashildi.
Bundan tashqari, hozirgi kunda Toshkent tibbiyot akademiyasining o‘quv salohiyatini oshirish hamda Samarqandda sil kasalligini aniqlash va davolashni kuchaytirish kabi loyihalarini o‘z vaqtida va samarali amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston hududiga juda issiq havo oqimi kirib keladi, Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 00:06
-
14 iyulda o‘tgan test sinovi natijalari e’lon qilindi
O‘zbekiston | 23:48 / 15.07.2025
-
Tramp Zelenskiy Moskvaga hujum qilmasligi kerakligini aytdi
Jahon | 23:36 / 15.07.2025
-
Google neyrotarmog‘i yutqazish qo‘rquvi sabab shaxmat o‘ynashdan bosh tortdi
Fan-texnika | 23:22 / 15.07.2025
Mavzuga oid

15:48 / 14.07.2025
The Samarkand express poyezdi loyihasi uchun 25 mln dollar investitsiya kiritilyapti

20:48 / 12.07.2025
Taxtaqoracha dovonida pulli tunnel quriladi

22:00 / 05.07.2025
«Samarqand qog‘ozi» geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

08:25 / 05.07.2025