Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JSST rahbari Isroil zarbasi vaqtida Yaman aeroportida bo‘lgan
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Gebreyyesusning aytishicha, uning samolyoti husiychilar nazorati ostidagi Sanodan havoga ko‘tarilmoqchi bo‘lganida, aeroport Isroil armiyasi tomonidan hujumga uchragan. Ekipaj a’zosi yaralangan.

Foto: AFP
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Gebreyyesus Isroil armiyasi tomonidan Yaman poytaxti Sano shahridagi husiychilar nazoratidagi aeroportga zarba berilganda o‘sha yerda bo‘lgan. Bu haqda Gebreyyesus 26 dekabr, payshanba kuni X ijtimoiy tarmog‘idagi akkauntida ma’lum qildi.
"Biz Sanoda havoga ko‘tarilmoqchi bo‘lganimizda aeroport havo bombardimoniga uchradi. Samolyotimiz ekipaj a’zolaridan biri jarohat oldi. BMT va JSSTdan hamkasblarimiz bilan xavfsiz joydamiz", deb yozgan JSST rahbari. U hujumda yaqinlari halok bo‘lgan oilalarga hamdardlik bildirdi. Ommaviy axborot vositalariga ko‘ra, Isroil hujumi oqibatida 3 kishi halok bo‘lgan, yana 11 kishi yaralangan.
Isroil mudofaa kuchlari (TSAHAL)ning ma’lum qilishicha, Sanodagi aeroportdan tashqari, ikkita elektr stansiyasi va uchta portga hujum qilingan. Aytilishicha, ular «mintaqaga Eron qurollarini kontrabanda yo‘li bilan olib kirish va Eronning yuqori martabali amaldorlarini kiritishda» foydalanilgan. Bu zarba, deydi Isroil harbiylari, husiychilarning yahudiy davlatiga uchuvchisiz uchoqlar va raketalar yordamida takroriy hujumlariga javobdir.
Isroil HHK qo‘mondoni Yamandagi husiychilarga hujumlarni kuchaytirish bilan tahdid qildi
Isroil Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlangan Yamanning «Ansorulloh» harakati (husiychilar) pozitsiyalariga hujumlarni kuchaytiradi. Bu haqda mahalliy OAVga Isroil harbiy-havo kuchlari qo‘mondoni Tomer Bar ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroil aviatsiyasi «kerak bo‘lganda havo hujumlari chastotasi va intensivligini oshirishda davom etadi».
So‘nggi kunlarda Isroil va husiychilar o‘rtasidagi qarama-qarshilik avj oldi. Yaman harakati Isroil markaziga ballistik raketa bilan hujum uyushtirishga urindi. Isroil armiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, raketa Isroil havo hujumidan mudofaa kuchlari tomonidan tutib olingan.
19 dekabr kuni Isroil harbiy-havo kuchlari Yaman poytaxti Sano va Xodayda shahriga hujum qildi. Havo hujumlarida kamida 9 kishi halok bo‘lgan.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Netanyahu sizni urushga boshlamoqda»: Taker Karlson Eron prezidentidan intervyu oldi
Jahon | 08:07
-
«PSJ» «Real»ga ham hech qanday imkon qoldirmadi va 4 ta javobsiz gol urdi
Sport | 08:07
-
YeI Bolgariyaning yevroga o‘tishini yakuniy tarzda ma’qulladi
Jahon | 08:05
-
Ftiziatriya dispanserida 1,5 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi
Jamiyat | 08:02
Mavzuga oid

23:50 / 02.07.2025
JSST zararli mahsulotlar narxini oshirishga chaqirdi

16:06 / 02.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari

19:02 / 01.07.2025
Dunyoda har soatda 100 nafarga yaqin odam yolg‘izlikdan vafot etadi - JSST

17:25 / 01.07.2025