«Gazprom» 1 yanvardan boshlab Moldovaga gaz yetkazib berishni to‘xtatadi
Rossiyaning «Gazprom» kompaniyasi «Moldovagaz» tomonining 709 mln dollarlik qarzdorligi sabab 2025 yil 1 yanvardan Moldovaga gaz yetkazib berishni to‘xtatadi. O‘z navbatida Moldova tomoni qarzdorlik 8,6 mln dollarni tashkil etishini va mamlakat «mavjud bo‘lmagan qarzlarni» to‘lash niyatida emasligini bildirgan.

Foto: Andrey Rudakov / Bloomberg
«Gazprom» 2025 yil 1 yanvardan «Moldovagaz» tomonining qarzdorligi sabab Moldovaga gaz yetkazib berishni to‘xtatadi. Bu haqda Rossiya kompaniyasi xabar berdi.
«Gazprom»ning qayd etishicha, Moldova tomoni yetkazib berilgan gaz bo‘yicha qarzdorlikni uzishdan bosh tortmoqda. Shu bois «Gazprom» bu amaldagi shartnomani «jiddiy buzish» ekani haqida «Moldovagaz»ga xabarnoma yuborgan.
«Shu munosabat bilan shartnoma qoidalari va Rossiya qonunchiligining amaldagi normalaridan kelib chiqqan holda, «Gazprom» OAJ 2025 yil 1 yanvar kuni Moskva vaqti bilan soat 08:00 dan boshlab Moldova Respublikasiga tabiiy gaz yetkazib berishga 0 metr kubgacha cheklov joriy etadi», — deyiladi kompaniya xabarida.
2021 yilda «Gazprom» va «Moldovagaz» besh yillik shartnoma imzolagan edi. «Kommersant»ning eslatishicha, uning shartlaridan biri Moldova tomonidan qarzdorlikni yopish bo‘lgan. Rossiya kompaniyasi qarzdorlikni jarima va penyalari bilan birga 709 million dollarga baholamoqda. Moldova bosh vaziri Dorin Rechan 2023 yil sentabrda Kishinyov faqat 8,6 million dollar qarzi borligini tan olishi va «mavjud bo‘lmagan qarzlarni» to‘lash niyatida emasligini ma’lum qilgandi. Noyabr oyida u yana Moldova Rossiyaga 709 million dollar to‘lamoqchi emasligini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, may oyida Moldova prezidenti Mayya Sandu Rossiyaning «Gazprom» shirkati Moldova hukumatiga 700 million dollar qarzi borligi va uni to‘lamaguncha gaz yetkazib berish bo‘yicha yangi shartnoma imzolanmasligini ma’lum qilgani haqida gapirgandi.
«Moldovagaz» mamlakatdagi gaz taqsimlovchi kompaniya bo‘lib, «Gazprom» uning asosiy aksiyadori hisoblanadi. Qisqasi, ular bizga sizning katta qarzingiz bor deyishdi. Tekshirishimiz kerakligini aytdik, chunki bu qarzlar qayerdan kelganini bilmaymiz. Tasdiqlanmagan qarzga imzo cheka olmasdik, chunki narx allaqachon ko‘tarilgan va juda baland edi, lekin qarz ham bor edi. Shuning uchun, xalqaro auditorlarni yolladik. Auditorlar esa qarz 700 million dollar emas, balki 8 million dollar ekanini ko‘rsatib berishdi», — degan edi Sandu.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eronning ajalvor hujumi va Tehronda navbatdagi portlashlar. Urushning uchinchi kunidagi asosiy voqealar
Jahon | 21:42
-
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41
-
Kun.uz’ning rasmiy Telegram kanalidagi nojoiz reklamalar yuzasidan obunachilarga murojaat
Jamiyat | 20:03
-
Kiyevda Boeing ofisi zarbaga uchragan, Tataristonda dron zavodiga hujum qilindi
Jahon | 19:45
Mavzuga oid

21:34 / 08.05.2025
Moskva va Vashington Rossiya gazini Yevropaga yetkazib berishni tiklash variantini muhokama qilmoqda

14:09 / 17.04.2025
Shtrak-Tsimmerman: Moldova - YeI uchun ustuvor davlat

10:33 / 05.04.2025
Rossiya Moldovaning uch diplomatini chiqarib yuboryapti

21:06 / 02.04.2025