RFda mazut to‘kilishi sababli federal darajadagi favqulodda rejim joriy etildi
Qora dengizga mazutning to‘kilishi Kerch bo‘g‘ozida tankerlarning halokati tufayli yuzaga keldi. Bir kun avval Krasnodar o‘lkasi gubernatori mintaqaviy darajada favqulodda holat e’lon qilgan edi.

Foto: Anapa Mayor's Office/REUTERS
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kerch bo‘g‘ozida tankerlar halokati oqibatida mazut to‘kilishi sababli federal darajadagi favqulodda holat (FH) e’lon qildi. Bu haqda 26 dekabr, payshanba kuni Qrim rahbari Sergey Aksenov ma’lum qildi. Unga ko‘ra, tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish uchun federal budjetdan mablag‘ ajratiladi.
Bir kun avval Krasnodar o‘lkasi gubernatori Veniamin Kondratev mintaqaviy darajada favqulodda holat e’lon qilgan edi. Bungacha, 17 dekabrdan Anapa va Temryuk rayonida munitsipal darajada favqulodda holat joriy qilingan. 21 dekabr kuni neft mahsulotlari Qrim qirg‘oqlariga yetib borgach, Kerchda favqulodda holat joriy etildi.
Krasnodar o‘lkasida mazut to‘kilishi sababli favqulodda holat joriy etildi
Krasnodar o‘lkasida Qora dengizdan mazut kelishi davom etayotgani sababli favqulodda holat e’lon qilindi. Bu haqda 25 dekabr kuni mintaqa gubernatori Veniamin Kondratev ma’lum qildi. «Afsuski, Anapa va Temryuk qirg‘oqlariga neft mahsulotlarining to‘kilishi uzoq davom etyapti va to‘xtamayapti, dastlab olimlar va mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, mazutning asosiy qismi Qora dengiz tubida qolishi kerak edi, bu uni suvda to‘plashga imkon berardi, ammo ob-havo tufayli havo isib, neft mahsulotlari yuqoriga ko‘tarilyapti. Natijada ular bizning plyajlarimizga chiqib kelyapti», - deb yozdi Kondratev.
«Hozirgacha Anapa va Temryuk rayoni rasmiylari tomonidan joriy etilgan favqulodda holat amal qilib kelayotgandi. Ammo vaziyat keskinligicha qolmoqda. Bugundan boshlab o‘lkada favqulodda holat rejimini joriy etishga qaror qildim», — deya qo‘shimcha qildi rasmiy.
U «ilk kunlardanoq yordamga kelgan ko‘ngillilar va o‘lka aholisiga» minnatdorchilik bildirdi. Hozirda butun Rossiya bo‘ylab ko‘ngillilarning harakatlarini muvofiqlashtirgan «Razliv nefti v Chernom more» Telegram-kanalida allaqachon 95 mingdan ortiq ishtirokchi bor. Odamlar mustaqil ravishda plyajlardan mazutni qoplarga yig‘ib, olib ketishyapti, shuningdek, jabrlangan hayvonlarga yordam berishyapti.
Tavsiya etamiz
🔴 LIVE: OTMga kirish imtihonlari qanday o‘tadi? – Kun.uz'da qabulga oid eng muhim savollar yuzasidan jonli efir
O‘zbekiston | 10:25
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Chilonzorda yana daraxtlar kesildi. Ekologiya organi sukutda
O‘zbekiston | 15:40
-
Shisha butilkalarda plastik butilkaga nisbatan ko‘proq mikroplastmassa borligi aniqlandi
Fan-texnika | 15:37
-
Mo‘g‘ulistonda O‘zbekiston madaniyati kunlari bo‘lib o‘tmoqda. Bu nima uchun muhim?
O‘zbekiston | 15:23
-
Ryutte: Kiyev NATO davlatlaridan harbiy yordamga ishonishi mumkin
Jahon | 15:03
Mavzuga oid

11:40 / 05.04.2025
Rossiyada Qora dengizda mazut to‘kilishidan yetkazilgan zarar baholandi

15:48 / 08.02.2025
Prezident Ai-80dan voz kechish va aholini arzon yoqilg‘i bilan ta’minlash topshirig‘ini berdi

13:25 / 20.01.2025
Kuban plyajlaridagi 24 ta uchastkada - mazutning takroriy sizib chiqishi

18:00 / 18.01.2025