Erdo‘g‘an Suriyadagi kurd qurolli guruhlarini «dafn etish»ga va’da berdi
Kurdiston ishchilar partiyasi (KIP) va IShID Turkiyaning mavjudligiga tahdid solmoqda va mamlakat ularni tor-mor etish niyatida, dedi Erdo‘g‘an.

Foto: AFP
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an parlamentda hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi a’zolari bilan muloqot chog‘ida Suriyadagi kurd qurolli guruhlar yo qurollarini tashlaydi yoki «ko‘miladi» dedi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Uning ta’kidlashicha, Anqara «Suriyadagi terrorchilik tashkilotlarini», birinchi navbatda, IShID va Kurdiston ishchilar partiyasini (KIP) yo‘q qilishga qat’iy qaror qilgan. Bu ikkala guruh ham, Erdo‘g‘an so‘zlariga ko‘ra, Turkiya va Suriyaning omon qolishiga tahdid soladi.
«Bu ayirmachi-jinoyatchilar yo qurollarini tashlaydi yoki qurollari bilan birga Suriya tuprog‘ida dafn etiladi. Biz bilan kurd birodarlarimiz orasiga qonli devor qurmoqchi bo‘lgan terror tashkilotini yo‘q qilamiz», dedi u.
Turkiya AQSh bilan ittifoqdosh Suriya demokratik kuchlarining (SDF) asosiy tarkibiy qismi bo‘lgan kurd Xalq mudofaasi bo‘linmalarini (YPG) mamlakatga qarshi isyon olib borayotgan Kurdiston ishchilar partiyasining bir bo‘lagi deb biladi.
«Na Suriya xalqi, na yangi ma’muriyat, na biz KIP/YPG terror tashkilotining yakka o‘zi harakat qilishiga va o‘zi uchun sharoit yaratishiga yo‘l qo‘ymaymiz», dedi Turkiya mudofaa vaziri Yoshar Guler. U YPG guruhining yo‘q qilinishini Turkiya hukumatining ustuvor vazifasi deb atadi.
Bashar Asad ketganidan beri Anqara Suriya kelajagida YPG guruhiga o‘rin yo‘qligini ta’kidlab, uni tarqatib yuborishni talab qilib kelmoqda. KIP – Turkiya, AQSh va Yevropa Ittifoqi tomonidan terror tashkiloti deb topilgan.
Tavsiya etamiz
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
Hozirda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlar o‘qishini qay tartibda davom ettiradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 17.06.2025
Qo‘rquv, shok va sarosima: Eronda nimalar bo‘lmoqda?
Jahon | 19:57 / 16.06.2025
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Argentinada rossiyalik josuslar tarmog‘i fosh qilindi
Jahon | 02:44
-
Eron Trampning so‘zlaridan keyin AQShga norozilik notasi yubordi
Jahon | 01:25
-
Eron Isroilga qarata yangi turdagi ballistik raketani uchirdi
Jahon | 00:36
-
Rossiya Finlandiya chegarasi yaqinida qo‘shinlarini ko‘paytirmoqda – OAV
Jahon | 23:56 / 18.06.2025
Mavzuga oid

13:36 / 17.06.2025
Suriyalik shifokor Germaniyada umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

14:09 / 16.06.2025
Erdo‘g‘an: Isroil G‘azodagi genotsiddan e’tiborni chalg‘itmoqchi

13:24 / 09.06.2025
Isroil havo kuchlari Suriyaga hujum qildi

14:42 / 07.06.2025