Turkiyada tibbiy vertolyot shifoxona binosiga urilib, qulab tushdi
Turkiyada favqulodda tibbiy yordam ko‘rsatish vertolyoti shifoxona binosiga urilishi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi.

Foto: Anadolu Agency
Turkiya janubidagi Mug‘la viloyatida joylashgan O‘quv-tadqiqot gospitali binosiga vertolyot urilishi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat gubernatori Idris Akbiyik ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hodisa oqibatida ikki uchuvchi, shifokor va shifoxona xodimlaridan biri halok bo‘lgan.
Fojia mahalliy vaqt bilan soat 10:06 da yuz bergan. Ma’lum qilinishicha, favqulodda tibbiy yordam ko‘rsatish vertolyoti shifoxonaning to‘rtinchi qavatiga urilgan va yerga qulab tushgan.
Ta’kidlanishicha, avariya vaqtida hudud qalin tuman bilan qoplangan bo‘lgan.
Voqea joyiga o‘t o‘chiruvchilar, tibbiyot xodimlari, politsiya va Turkiya hukumati huzuridagi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish boshqarmasi xodimlari yetib kelgan.
Vertolyot halokatiga nima sabab bo‘lganini aniqlash bo‘yicha tergov boshlangan.
Mavzuga oid

20:30 / 17.05.2025
Erdo‘g‘an Qora dengizda 30 milliard dollarlik gaz koni topilganini e’lon qildi

19:10 / 17.05.2025
Istanbul aeroportida tanasiga oltin yashirgan o‘zbekistonlik ayollar ushlandi

18:35 / 09.05.2025
Shri-Lankada vertolyot qulashi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi

19:46 / 04.05.2025