Jahon | 18:35 / 09.05.2025
1579
2 daqiqa o‘qiladi

Shri-Lankada vertolyot qulashi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi

Vertolyot harbiy paradga tayyorgarlik dorasida o‘tkazilayotgan sinov parvozi vaqtida halokatga uchragan.

Foto: dailexcelsior.com

Shri-Lankada bortida o‘nga yaqin odam bo‘lgan harbiy vertolyot halokatga uchradi, deb xabar beradi Reuters.

Qayd etilishicha, Bell 212 vertolyoti Maduru Oya suv omboriga qulab tushgan. Mamlakat Harbiy-havo kuchlari (HHK) vakilining so‘zlariga ko‘ra, havo kemasi fuqarolik urushi tugagani bag‘ishlab o‘tkaziladigan harbiy paradga tayyorgarlik doirasida sinov parvozini amalga oshirayotgan bo‘lgan.

Halokatdan keyin olti nafar jabrlanuvchi zudlik bilan shifoxonaga olib borilgan, ammo ularning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan — to‘rt nafar maxsus kuchlar harbiysi va ikki hafar HHK harbiy xizmatchisi olgan tan jarohatlari oqibatida vafot etgan. Qolgan yo‘lovchilar turli darajadagi tan jarohatlarini olgan.

Vertolyot qulashiga nima sabab bo‘lgani hozircha noma’lum. Ta’kidlanishicha, holat bo‘yicha tergov davom etmoqda va uning tafsilotlari keyinroq e’lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, aprel oxirlarida Tailandda yengil motorli Twin Otter samolyoti halokatga uchrashi oqibatida olti kishi halok bo‘lgandi.

Mavzuga oid