Tatariston bo‘ylab dronlar hujumi kuzatildi
21 dekabr kuni ertalab Qozon bo‘ylab Ukrainaning kamikadze dronlari hujumi kuzatildi. Tatariston rasmiylariga ko‘ra, shahardagi ko‘p qavatli uylarga 6 ta dron kelib urilgan. Shahardagi 37 qavatli eng yirik turar joy binosiga 2 dron urilgan, natijada yong‘in kelib chiqqan. Qozonda aeroport yopildi, shahar bo‘ylab barcha ommaviy tadbirlar bekor qilindi.

21 dekabr kuni Tatariston poytaxti Qozon shahriga Ukrainaning kamikadze dronlari hujum qildi. Tatariston hukumatiga ko‘ra, jami 8 ta dron shahardagi obektlarga kelib urilgan. Ularning 6 tasi turar joy binolariga, bittasi sanoat korxonasiga, yana bittasi daryoga tushgan.
Mahalliy nashrlarga ko‘ra, eng katta zarar Qozon markazidagi 37 qavatli turar joy binosiga yetgan. Binoga 2 ta dron yarim soatlik farq bilan urilgan. Binoda yong‘in chiqqan, maxsus xizmatlar hodisa joyiga yetib kelgan, yashovchilar evakuatsiya qilingan.
Qozondagi yana bir ko‘p qavatli uy «Manhetten» turar joy binosining tom qismiga va yana bir 4 qavatli binoga ham dron kelib urilgan. Ularning barchasida yong‘in kelib chiqqan.
Ukrainadan Qozongacha masofa qariyb ming kilometrni tashkil qiladi. Tatariston hududiga odatda kamdan kam hollarda dron yetib keladi.
Dastlab, Rossiya mudofaa vazirligi Tatariston osmonidagi barcha uchuvchisiz boshqariladigan qurilmalar urib tushirilganini aytmoqda. Keyinroq Havo hujumidan mudofaa tizimlari ishlay boshladi.
Qozon aeroporti vaqtincha yopildi, shahar bo‘ylab sirenalar yangray boshladi.
Tatariston rahbari Rustam Minnixanov «Lazurnyx nebes» turar joy binosiga yetib kelgan, rasmiylar hujum natijasida vafot etgan va jarohatlanganlar yo‘qligini aytmoqda.
Mamlakat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi aholidan osoyishtalikni ta’minlashni, trevoga signallari vaqtida metro, binolarning 1-qavatiga yoki podvaliga tushishni so‘ragan.
Qozon shahrida kelasi 2 kunda xavfsizlik nuqtayi nazaridan barcha ommaviy tadbirlar bekor qilindi. Shuningdek, mahalliy hokimiyat aholidan dron kadrlarini ijtimoiy tarmoqlarda tarqatmaslikni so‘ramoqda.
Tavsiya etamiz
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda tirbandliklarni prognoz qilishga qaratilgan vaziyatlar markazi ish boshladi
O‘zbekiston | 12:41
-
Erdo‘g‘an: Tramp Turkiyada Putin bilan uchrashishga tayyor
Jahon | 12:39
-
Qamchiq dovonida BYD xandaqqa tushib ketdi
O‘zbekiston | 12:24
-
Hindiston va Rossiya S-400 ZRK va boshqa qurollarni yetkazib berishni muhokama qildi
Jahon | 12:22
Mavzuga oid

13:06 / 24.06.2025
Rossiya tunda 97 ta dron bilan Ukrainaga hujum qildi

11:12 / 24.06.2025
Krasnogorskda dron parchalari ko‘p qavatli binoga borib urildi

19:45 / 15.06.2025
Kiyevda Boeing ofisi zarbaga uchragan, Tataristonda dron zavodiga hujum qilindi

12:21 / 10.06.2025