Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston yuk aviakompaniyasi Vengriyada aviakompaniya tashkil etishni rejalashtirmoqda
Vengriya OAV xabariga ko‘ra, O‘zbekistonning My Freighter yuk tashuvchi aviakompaniyasi xalqaro kengayish bo‘yicha keng ko‘lamli rejalari, jumladan, Vengriyada yangi aviakompaniya tashkil etishi haqida ma’lum qilgan.

Foto: Kun.uz
Vengriyaning Daily News Hungary va AIRportal.hu elektron nashrlari O‘zbekiston yuk aviakompaniyasining Vengriyada aviakompaniya tashkil etish rejasi haqidagi maqolani e’lon qildi.
Vengriya OAV tarqatgan xabarlarga ko‘ra, O‘zbekistonning My Freighter yuk tashuvchi aviakompaniyasi xalqaro kengayish bo‘yicha o‘zining keng ko‘lamli rejalari, jumladan, Vengriyada yangi aviakompaniya tashkil etishi haqida ma’lum qilgan.
Qayd etilishicha, ushbu qaror, shuningdek, yana bir bitta mamlakat bo‘yicha havo operatori sertifikati (AOC) olingani haqida Centrum Holding asoschisi va bosh direktori Abdulaziz Abdurahmonov Central Asia Air Cargo Summit 2024'da ma’lum qilgan.
"Vengriyaning AOC sertifikatini qo‘lga kiritish My Freighter'ning Yevropadagi mavqeyini mustahkamlash hamda Janubiy va Shimoliy Amerika, Yaqin va Uzoq Sharq bozorlariga chiqishga qaratilgan strategiyasida asosiy qadam bo‘ladi", – deb yozgan muallif.
Bundan tashqari, kompaniya O‘zbekistonning Navoiy shahrida yangi baza tashkil etish va Liyej (Belgiya) va Ostrava (Chexiya) shaharlariga muntazam yuk qatnovlarini amalga oshirish niyatida ekani ta’kidlangan.
Nashrlarda qayd etilishicha, My Freighter parki hozirda beshta Boeing 767-300ER yuk samolyotidan iborat. Biroq kompaniya 2025 yilga borib o‘z parkiga yana beshta samolyot qo‘shib, 2026 yilga kelib ularning umumiy sonini 20 taga yetkazishni rejalashtirmoqda.
"My Freighter Hongkongdan Budapeshtga charter yuk reyslarini amalga oshiradi, oraliq to‘xtash joyi O‘zbekiston. Kompaniyaning Vengriyaga samolyotda yuk tashish bo‘yicha ruxsatnomaning olishi o‘zaro aloqalarni mustahkamlaydi va Yevropa bozorlariga xizmat ko‘rsatish qobiliyatini oshiradi", – deb yozgan Vengriya OAV.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentdan Chorvoqqa yangi avtomobil yo‘li quriladi
O‘zbekiston | 10:44
-
Davlat xaridlari tizimi operatori faoliyatini tashkil etish tartibi belgilandi
O‘zbekiston | 10:34
-
Germaniyada Zelenskiy ofisi rahbarining sobiq o‘rinbosari uyida tintuv o‘tkazildi
Jahon | 10:32
-
O‘zbekiston va Pokiston fuqarolarga viza rasmiylashtirish jarayonini soddalashtiradi
Turizm | 09:47
Mavzuga oid

07:34 / 21.07.2025
Budapesht: Yevropa Ittifoqi budjetining 20 foizi Kiyevga ketadi

16:48 / 13.07.2025
Vengriyadagi eng qadimiy kutubxona qo‘ng‘izlar sabab yuz minglab kitoblaridan ayrilishi mumkin

09:38 / 08.07.2025
Vengriya O‘zbekistonda Usmoniylar davriga oid eksponatlarni namoyish etmoqchi

16:17 / 07.07.2025