Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uy-joy qurilishida yangi tizim joriy etilishi mumkin
«Odamlar pulni o‘zlari bilmaydigan quruvchiga emas, balki bankka olib boradi. Bank bu pulni ishonchli developerga jo‘natadi», - deydi qurilish vaziri Sherzod Hidoyatov.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyev 12 dekabr kuni uy-joy qurilishida aholi uchun mablag‘larni kafolatlash tizimi taqdimoti bilan tanishgandi.
Unda ko‘p hollarda uylarni topshirish muddati kechikib, aholi to‘lagan pullar «muzlab» turgani, ulushdorlik shartnomalari hech qayerda ro‘yxatga olinmay, faqat quruvchining manfaatiga xizmat qilayotgani qayd etilgan.
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Sherzod Hidoyatov «O‘zbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida rejalashtirilayotgan o‘zgarishlar haqida gapirdi.
«Bugungi kunda respublikada aksariyat uylar ulushdorlik orqali tasodifiy qurilmoqda. Muhtaram prezidentimiz bu masalani huquqiy jihatdan tartibga solish, xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganish, qonunni shu yerda tatbiq etish bo‘yicha topshiriqlar berdi. Bu uylarda odamlarda shubha va muammo bo‘lmasligi uchun aholini to‘g‘ri, qonuniy va ishonchli asosda uy-joy bilan ta’minlash tizimini yaratish bo‘yicha topshiriqlar berildi», — dedi u.
Unga ko‘ra, yangi tizimda aholi pullari uchun banklar javobgar bo‘ladi.
«Odamlar pulni o‘zlari bilmagan quruvchiga emas, balki bankka olib boradi. Bank bu pulni ishonchli developerga jo‘natadi, u ishning 30 foizini o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiradi, qolgan 70 foizi esa bank tomonidan konkret uyni qurish uchun ajratiladi. Mijozlar pulni boshqa maqsadlarga yo‘naltira olmaydi. Ular faqat shu obektni qurib, foydalanishga topshiradi. Eskrou tizimi tugaganidan so‘ng, ular daromadni boshqa maqsadlarga yo‘naltirishlari mumkin bo‘ladi», — dedi Sherzod Hidoyatov.
Taqdimotda qayd etilishicha, elektron platformada ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng turar joy va noturar joy ko‘chmas mulk obektlarining maketiga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, turar joyni rekonstruksiya qilish yoki sotish bilan bog‘liq o‘zgarishlarni ekspertizaga kiritish taqiqlanadi. Shuningdek, qurilishi tugallanmagan obektlar uchun kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, obekt joylashgan yer maydonini sotish taqiqlanadi.
Agar obektni qurish uchun kredit ajratilgan bo‘lsa va quruvchi qurilishni tugatmasa, u ishni yakunlaydigan bank balansiga o‘tkaziladi.
«Prezident aholi pullarini muzlatib qo‘ymaslik haqida ko‘rsatma berdi. Masalan, odam uy-joy uchun to‘laydi, lekin uning rejalari o‘zgargan, shuning uchun unga aktivni eskrou tizimida sotish imkonini beruvchi tizim paydo bo‘ladi», — dedi u.
Barcha operatsiyalar Qurilish vazirligining «Shaffof qurilish» tizimi orqali amalga oshirilishi rejalashtirilgan, bunda qurilish inspeksiyasi, Arxitektura va shaharsozlik boshqarmasi, Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish respublika markazi va Kadastr agentligidan olingan barcha ma’lumotlar yig‘iladi.
«Eng muhimi — aholini kafolatli uy-joy bilan ta’minlash», — dedi vazir.
Tavsiya etamiz
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00 / 20.07.2025
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30 / 20.07.2025
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27
-
Harbiy tarixchi: Ukrainadagi urush hech qachon tugamasligi mumkin
Jahon | 09:20
-
O‘zbekistonning Belarusdagi turizm elchisi tayinlandi
O‘zbekiston | 08:51
-
Rossiya armiyasi haqidagi «feyklar» ishi bo‘yicha ayblanuvchilar «terrorchilar ro‘yxati»ga kirdi
Jahon | 08:40
Mavzuga oid

13:49 / 19.07.2025
O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bozori o‘sishni davom ettirmoqda

20:19 / 15.07.2025
Toshkentda ko‘p qavatli uy qurish bilan shug‘ullangan MChJ fuqarolarni chuv tushirdi

11:26 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti

12:42 / 23.05.2025