Toshkentda uy-joyga investitsiyalar daromadliligi 4,5 barobarga pasaydi
2025 yil aprelida Toshkent shahrida uy-joyga investitsiyalarning daromadliligi 6,2 foizgacha tushdi. 2024 yil aprelda bu ko‘rsatkich 27,8 foiz edi, deya ma’lum qildi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti.

Foto: Kun.uz
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari tomonidan Toshkent shahrida ko‘p qavatli uy-joylarga investitsiyalarning daromadliligi tahlil qilindi.
Yer resurslarining cheklanganligi va aholi sonining oshib borishi sharoitida ko‘chmas mulkka investitsiya kiritish mulkka egalik qilish bilan birga, barqaror daromad olish imkonini beradi. Bunda, ko‘chmas mulkni ijaraga berish hamda mulk qiymatining ma’lum vaqtdan keyin oshishi (kapital o‘sish) hisobiga daromad olish mumkin.
2025 yil aprelida Toshkent shahrida uy-joyga investitsiyalarning daromadliligi 6,2 foizgacha tushdi (2024 yil aprelda — 27,8 foiz). Bunda, mazkur davrda ijaradan keladigan o‘rtacha daromad 10,9 foizdan 8,5 foizgacha kamaygan bo‘lsa, uy-joylarning o‘rtacha narxi 2,4 foiz arzonladi.
Lekin, uy-joyga investitsiyalar daromadliligi ko‘chmas mulkning joylashgan hududi va xonalar soniga qarab bir-biridan sezilarli farqlanadi:
✔️1 xonali: Shayxontohur – 25,1 foiz (2024 yil aprel – 41,4 foiz), Mirobod – 0,4 foiz (24,7 foiz);
✔️2 xonali: Yakkasaroy – 16,2 foiz (12,1 foiz), Uchtepa – -2,0 foiz (27,1 foiz);
✔️3 xonali: Yakkasaroy – 16,8 foiz (27,0 foiz), Uchtepa – 1,6 foiz (23,6 foiz);
✔️4 xonali: Yakkasaroy – 15,6 foiz (25,2 foiz), Olmazor – -2,5 foiz (21,3 foiz).
2024 yilning aprel oyida Toshkent shahrida uy-joy xarid qilib, joriy yil aprel oyida ushbu uyni sotishga to‘g‘ri kelgan investorlar bir yil ichida uy-joylar bozor qiymatining pasayishi sababli uyni xarid narxidan o‘rtacha 2,4 foiz kamiga realizatsiya qilishga majbur bo‘lishdi. Xususan, ushbu ko‘rsatkich Uchtepa tumanida 7,4 foizni, Yunusobod tumanida 4,4 foizni, Olmazor tumanida 4,2 foizni tashkil qildi. Lekin, Toshkent shahrida nisbatan qimmat uy-joylar joylashgan tumanlardan Shayxontohur va Yakkasaroyda uy-joy narxi o‘zgarishidan ko‘rilgan foyda o‘rtacha 6 foizni tashkil etdi.
Joriy yilning aprel oyida Toshkent shahrida uy-joylar ijarasidan olinadigan o‘rtacha daromad pasayishda davom etdi. 2024 yilning aprel oyida o‘rtacha daromadlilik 10,9 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2025 yilning aprel oyiga kelib ushbu ko‘rsatkich 8,1 foizgacha pasaydi. Mazkur davrda, ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha eng yuqori o‘rtacha daromadlilik Mirobodda 9,2 foiz (2024 yil aprel oyida – 11,2 foiz) va Shayxontohurda 8,9 foiz (12,6 foiz) qayd etildi.
Daromadlilik darajasi bo‘yicha investitsion jozibadorligi yuqoriroq bo‘lgan 1 va 2 xonali xonadonlar uchun daromadlilik darajasi mos ravishda 8,5 foiz va 6,3 foizgacha tushdi. Joriy yil yanvar oyida ushbu ko‘rsatkichlar 14,3 foiz va 7,5 foizni tashkil etib, 2024 yilning aprel oyiga (mos ravishda 30,2 foiz va 25,5 foiz) nisbatan sezilarli darajada kamaygan edi. Shuningdek, joriy yil aprel oyida 3 va 4 xonali xonadonlar uchun daromadlilik ko‘rsatkichi 6,7 foiz va 3,3 foizgacha kamaydi (2024 yil aprelda – 24,9 foiz va 30,6 foiz).
2024 yil aprelidan 2025 yilning aprel oyigacha bo‘lgan davrda jismoniy shaxslarning chet el valutasidagi muddatli depozitlari bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 5,1 foiz atrofida tebranib turgan bo‘lsa, milliy valutadagi muddatli depozitlar bo‘yicha o‘rtacha stavka 22 foizni tashkil etgan. Ushbu raqamlar, bir tomondan, uy-joyning investitsiyaviy daromadliligi jismoniy shaxslarning chet el valutasidagi muddatli depozitlaridan olinadigan o‘rtacha daromadlilikka yaqinlashayotganidan dalolat bersa, boshqa tomondan, milliy valutadagi depozitlar bo‘yicha foiz stavkalari jozibadorligi oshib borayotganini ko‘rsatadi.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Germaniyaga Rossiya gazi o‘rniga amerikanikini taklif qildi
Jahon | 19:40
-
Britaniyada Uilyam Tyornerning 150 yil oldin yo‘qolgan kartinasi topildi
Jahon | 19:30
-
Devid Bekhemga ritsarlik unvoni beriladi
Jahon | 19:02
-
Trampning siyosati tufayli AQSh turizm sanoati 12,5 mlrd dollar yo‘qotadi
Jahon | 18:58
Mavzuga oid

13:15 / 26.05.2025
O‘zbekiston Xitoyning yirik kompaniyalari bilan 20 dan ortiq kelishuvlar imzoladi

20:52 / 20.05.2025
«Credit House» ishida 182 mlrd so‘m zarar aniqlandi

09:41 / 16.05.2025
Maktab o‘rniga “dom”, 167 jabrlanuvchi. Toshkentda “novostroykachi”larga nisbatan yirik sud ishi boshlandi

17:02 / 15.05.2025