Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kongo Appleʼni noqonuniy qazib olinayotgan minerallardan foydalanishda aybladi
Kongo Demokratik Respublikasi Amerikaning Apple korporatsiyasi ustidan da’volar kiritdi. Afrika davlati hukumati kompaniyani noqonuniy yo‘llar bilan qazib olinayotgan minerallardan foydalanishda ayblamoqda.

Foto: Reuters
Kongo Demokratik Respublikasi (KDR) Fransiya va Belgiya sudlariga Apple korporatsiyasi ustidan da’volar kiritdi, deb xabar beradi Reuters. Afrika davlati hukumati kompaniyani Kongoda noqonuniy yo‘llar bilan qazib olinayotgan minerallardan foydalanishda ayblamoqda.
KDR — kompyuter va mobil qurilmalarda foydalaniladigan qalay, tantal hamda volframning yirik eksportchisi hisoblanadi. Ammo mamlakatda jinoiy to‘dalar va qurollangan noqonuniy guruhlar nazorati ostida ishlovchi shaxtalar mavjud. BMT va inson huquqlari tashkilotlari ma’lumotlariga ko‘ra, bunday shaxtalarda majburiy mehnatdan foydalaniladi, guruhlar esa fuqarolarni ommaviy ravishda o‘ldirish, zo‘rlash, marodyorlik va boshqa jinoyatlarda ayblanadi.
KDR hukumatining da’volarida ta’kidlanishicha, Apple o‘z qurilmalarida respublika hududidagi noqonuniy shaxtalardan qazib olingan, keyin xalqaro yetkazib berish zanjirlari orqali «yuvilgan» minerallardan foydalanib keladi. Shu bois da’voda keltirilishicha, Amerika kompaniyasini jinoyatchilarga sherik hisoblash lozim.
Apple AQSh Qimmatli qog‘ozlar va birjalar bo‘yicha komissiyasiga taqdim etgan 2023 yilgi hisobotida minerallar hamda oltinni yetkazib beruvchilarning birortasi Kongo yoki unga qo‘shni davlatlardagi qurolli guruhlarni moliyalashtirmasligini ma’lum qilgandi.
Kongo Demokratik Respublikasi Fransiya va Belgiya regulyatorlari korporativ hisobotga qattiq turgani bois aynan ushbu davlatlarning sudlariga da’volar kiritishga qaror qilgan.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda 52 metrli "Tsivilizatsiyalar va kashfiyotlar devori" yaratilmoqda
O‘zbekiston | 12:06
-
Tailanddagi O‘zbekiston fuqarolaridan Kambodja bilan chegaradosh hududlarga bormaslik so‘raldi
O‘zbekiston | 11:29
-
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23
-
KHAYning Beshqayrag‘och - Beruniy qismi vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 11:11
Mavzuga oid

22:18 / 22.07.2025
Eron davlat xodimlarining iPhone’lari Isroil bilan urush oldidan kiberhujumga uchradi – OAV

23:49 / 16.07.2025
«Barselona» dunyoning eng qashshoq davlatidan 44 million yevro oladi

21:34 / 14.07.2025
Meta Apple muhandisini 200 mln dollar evaziga ishga yolladi

20:28 / 09.07.2025