Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Keyingi 3 yilda dollar kursi qanday bo‘ladi? – prognozlar
O‘zbekiston tomoni AQSh dollarining so‘mga nisbatan o‘rtacha yillik qiymati 2027 yilda 14 150 so‘m bo‘lishini, S&P xalqaro reyting agentligi esa 15 000 so‘mga yetishini prognoz qilyapti.

Foto: Kun.uz/Muhammadjon G‘aniyev
O‘zbekiston Markaziy banki 17 dekabr kungi savdolar uchun 1 AQSh dollarining so‘mga nisbatan kursini 12 874 so‘m etib belgiladi. Yil boshidan buyon so‘mning Amerika valutasiga nisbatan qadrsizlanishi 4,4 foizni tashkil etyapti.
2025 yilgi davlat budjeti parametrlarida dollar kursi o‘rtacha yillik 13 250 so‘mdan hisoblangan. Bu ko‘rsatkich 2026 yilda 13 725 so‘m, 2027 yilda 14 150 so‘m bo‘lishi prognoz qilinyapti.
S&P xalqaro reyting agentligiga ko‘ra, o‘zbek so‘mining dollarga nisbatan o‘rtacha kursi keyingi yillar davomida quyidagicha bo‘lishi mumkin.
- 2025 yilning oxirida – 13 650 so‘m;
- 2026 yilning oxirida – 14 300 so‘m;
- 2027 yilning oxirida – 15 000 so‘m.
So‘mning dollarga nisbatan kursini aniq prognoz qilish juda murakkab, chunki bu ko‘plab omillarga bog‘liq. Xususan, O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish yaxshi bo‘lsa, so‘mning dollarga nisbatan qadrsizlanishi sekinlashadi. Aksincha, mamlakatda inflatsiya darajasi oshib ketsa, so‘mning qadri pasayadi. Tashqi savdoda eksport-import balansi ham milliy valuta qiymatining shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
SpaceX Isroilga tegishli aloqa sun’iy yo‘ldoshini orbitaga olib chiqdi
Jahon | 18:49
-
Isroilning G‘azoga zarbasi oqibatida suv uchun navbatda turgan bolalar halok bo‘ldi
Jahon | 18:31
-
Yozning asosiy o‘yini: «PSJ» va «Chelsi» klublar mundiali finalida to‘qnashadi
Sport | 17:41
-
Estoniya birinchi marta HIMARS yordamida jangovar o‘t ochishni amalga oshirdi
Jahon | 17:10
Mavzuga oid

23:00 / 28.06.2025
Rossiya bosqiniga 160 yil, pensiya yoshini oshirish taklifi va administratsiyada o‘zgarishlar - hafta dayjesti

22:56 / 20.06.2025
So‘m 5 kunda 2 foizga mustahkamlandi. Bunga nimalar ta’sir qilyapti?

16:29 / 19.06.2025
So‘m dollarga nisbatan 4 kunda qariyb 1,6 foizga mustahkamlandi

10:23 / 12.06.2025