Daromadlar va mol-mulkni deklaratsiyalash joriy etilmagani islohotlar samaradorligiga ta’sir qilyapti - Antikorrupsiya agentligi
Manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish, davlat fuqarolik xizmatchisining daromadlari hamda mol-mulkini deklaratsiya qilish tizimi joriy etilmagani O‘zbekistonda korrupsiyaning oldini olish samaradorligiga ta’sir qilmoqda, deyiladi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy ma’ruzada. Ma’ruza mualliflari prezident ilgari surgan korrupsion surishtiruv institutini joriy etishga chaqirgan.

Foto: Kun.uz
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi 2023 yil uchun O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida milliy ma’ruza hamda unda keltirilgan korrupsion jinoyatlar tahlili, jinoiy-huquqiy statistikadan kelib chiqib, o‘z xulosa va tavsiyalarini berib o‘tdi.
Ma’lum qilinishicha, korrupsiyaga qarshi kurashishda birinchi navbatda davlat organi yoki tashkilot rahbari shaxsiy namuna ko‘rsatib, tashabbuskor bo‘lishi kerak. Agentlikka ko‘ra, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish uchun ajratilayotgan mablag‘lar miqdori va ko‘lami doimiy oshib borayotgan bo‘lsa-da, ushbu mablag‘larning maqsadsiz ishlatilishi va talon-toroj qilinishi ham tinmayapti.
Masalan, hududlarda «Temir», «Ayollar», «Yoshlar» va «Mehr» daftarlarida hisobda turgan ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga mablag‘larning maqsadli va manzilli sarflanishi o‘rganilganda, 12 402 ta holatda jami 82,9 mlrd so‘mlik xato va kamchiliklar aniqlangan. Aniqlangan qonunbuzilishi holatlari bo‘yicha to‘plangan 387 ta materiallar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
«Manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish, davlat fuqarolik xizmatchisining daromadlari hamda mol-mulkini deklaratsiya qilish tizimi joriy etilmaganligi korrupsiyaning oldini olishdagi islohotlar samaradorligiga ta’sir qilmoqda.
Yuqoridagi omillarni bartaraf etishda korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi islohotlarni izchil davom ettirib, fuqarolik jamiyati institutlari, OAV vakillari va keng jamoatchilikni ushbu illatga qarshi kurash olib borishda kuchli jamoatchilik nazoratini o‘rnatish orqali jalb etish oldimizda turgan muhim vazifalardan biridir», – deyiladi agentlik xulosasida.
Bu tizim 3 yil oldin ishga tushishi kerak edi
Eslatib o‘tamiz, prezident farmoniga ko‘ra, 2022 yil 1 yanvardan davlat xizmatchilari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlar, davlat korxonalari va muassasalari rahbarlari va o‘rinbosarlari, ularning turmush o‘rtog‘i va voyaga yetmagan farzandlarining daromadlari va mol-mulkini majburiy deklaratsiya qilish tizimi joriy etilishi kerak edi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi daromad va mulkni deklaratsiyalash to‘g‘risidagi qonun loyihasini 2021 yil 13 noyabrda Vazirlar Mahkamasiga kiritgan. Biroq hukumat hujjatni hozirgacha Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga taqdim etgani yo‘q.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining Kun.uz'ga ma’lum qilishicha, ayni vaqtda davlat xizmatchilarining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiya qilish tizimi tayyor bo‘lgan hamda 2023 yildan buyon Bojxona qo‘mitasida sinov tariqasida ishlatilmoqda. Qonun loyihasining o‘zi esa hamon hukumatda va shaxsiy ma’lumotlarni ochiqlash bilan bog‘liq qismi takomillashtirilmoqda.
Avvalroq Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burhonov korrupsionerlarning ochiq reyestrini tuzish va reyestrdagi shaxslarga nisbatan qator taqiqlar joriy etish haqidagi qonun loyihasi 2024 yil sentabr oyi oxirigacha parlamentga kiritilishini aytgandi. Lekin bir necha yildan buyon kechiktirilayotgan ushbu loyiha ham aytilgan muddatda parlamentga kiritilmadi.
Antikorrupsiya agentligining boshqa takliflari
Milliy ma’ruzada, agentlik qator takliflarni, xususan, quyidagilarni ilgari surgan:
- korrupsiya holatlari bo‘yicha «dastlabki o‘rganish» – korrupsion surishtiruv institutini joriy etish;
- Korrupsiya muammolari bo‘yicha mintaqaviy tadqiqot markazini tashkil etish;
- korrupsiya xavf-xatarlari yuqori bo‘lgan sohalarda «korrupsiyasiz soha» loyihalarini amalga oshirishni davom ettirish va korrupsiya xavf-xatarlari yuqori bo‘lgan sohalarda «korrupsiyasiz soha ofisi» loyihalarini ishga tushirish;
- davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni tahlil qilish bo‘yicha «Situatsion markaz»ni tashkil etish;
- ochiq e’lon qilinishi lozim bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlar ko‘lamini yanada kengaytirish
- davlat xaridlari tizimida qonunchilik talablarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik choralarini kuchaytirish;
- ilmiy doirada – ixtisoslashgan ilmiy tadqiqot muassasalari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha kompleks sotsiologik, ilmiy va amaliy tadqiqotlarni tizimli ravishda tashkil etib borish;
- davlat tashkilotlari va idoralari, hokimliklar huzurida Jamoatchilik kengashlarini belgilangan talablar doirasida tashkil etish va qayta shakllantirish.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
JSST zararli mahsulotlar narxini oshirishga chaqirdi
Jahon | 23:50 / 02.07.2025
-
Andijonda profilaktika inspektori pichoqlandi, Qo‘yliq yo‘lida megatirbandlik yuzaga keldi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:39 / 02.07.2025
-
Ozarboyjon–Rossiya ziddiyatlari nimadan darak?
Jahon | 23:12 / 02.07.2025
-
Yevropa AQShning Kiyevga zenit raketalari yetkazib berishni to‘xtatish qaroridan «hayratga tushdi»
Jahon | 23:03 / 02.07.2025
Mavzuga oid

18:04 / 02.07.2025
Armanistonning sobiq prezidenti poraxo‘rlik va noqonuniy tadbirkorlikda ayblandi

19:42 / 30.06.2025
Qozog‘istonning sobiq adliya vaziri 9 yilga qamaldi

10:02 / 28.06.2025
Xorazmda FVV tizimining 2 nafar xodimi qo‘lga olindi

14:45 / 27.06.2025