Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Barcha kommunal xizmatlar bir paketga birlashtirilishi mumkin
Yaqin ikki yilda kommunal xizmatlar birlashtirilishi, bitta sub’yekt tomonidan taqdim etilishini nazarda tutuvchi qonun loyihasi tayyorlandi.

Yaqin ikki yilda barcha kommunal xizmatlar bir paket sifatida, bitta sub’yekt tomonidan taqdim etiladi va qarzdorlik ham umumlashtiriladi. Bu haqda «Milliy tiklanish» partiyasi raisi Alisher Qodirov ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, «chiqindi olib chiqish va elektr to‘lovlari bir tizimga ulanmoqda, navbat gaz va suv to‘lovlariga». Shuningdek, sifatsiz xizmat uchun chorani keskinlashtirish ham ko‘zda tutiladi.
«Chiqindilarni to‘plash, saqlash va qayta ishlash jamiyat salomatligi uchun hayotiy masala. Noto‘g‘ri saqlanayotgan chiqindi poligoni kimyoviy quroldek xavfli va bizda 200 ta shunday poligon bor. Chiqindi masalasi eng oxrigi, xavfli nuqtasiga yetib keldi. Tartib bo‘lmagan tizimga investorlar milliardlab mablag‘ini bermoqchi emas, investitsiyalarsiz esa tizimni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Chiqindi va elektr to‘lovlari bir tizimga ulanmoqda, navbat gaz va suv to‘lovlariga. Maqsad vatandoshga sifatli kommunal xizmati ko‘rsatishning samarali tizimini yaratish», deb yozdi Qodirov.
12 dekabr kuni «Milliy tiklanish» partiyasi fraksiyasi chiqindilarni to‘plash va olib chiqishda to‘lov intizomini mustahkamlashga qaratilgan qonun loyihasini muhokama qilgan.
Ma’lumotlarga qaraganda, maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish bo‘yicha aholiga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun debitor qarzdorlik hozir 596 mlrd so‘mni tashkil etib, yil boshidan 115 mlrd so‘m ko‘paygan. Qarzlarni undirish to‘g‘risidagi arizalarni sudlarga kiritish bo‘yicha Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarish vazirligining hududiy organlariga yuklatilgan vazifa ham amaliyotda o‘z samarasini bermagan. Yig‘ilishda ushbu masalaga alohida e’tibor qaratilib, fuqarolar alohida ogohlantirishdan keyin ham chiqindi bo‘yicha qarzdorlikni bartaraf etmasa, elektr energiya bo‘yicha to‘lovni amalga oshirmaslik taklif qilinayotgani ta’kidlandi.
«Qonunni birinchi o‘qishda ma’qulladik», deb yozdi Alisher Qodirov.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Alisher Sultonov prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi
O‘zbekiston | 19:22
-
Aziz Mag‘rupov prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi
O‘zbekiston | 19:15
-
Avstraliyada 19 ta davlat ishtirokida yirik harbiy o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi
Jahon | 19:14
-
Janubiy koreyalik baliqchilar 1,9 mln dollarlik tunetslarni dengizga qo‘yib yubordi
Jahon | 19:12
Mavzuga oid

16:22 / 10.07.2025
Alisher Qodirov ishlab chiqarilganiga 25-30 yildan oshgan mashinalarni iste’moldan chiqarishga chaqirdi

16:59 / 13.05.2025
Alisher Qodirov maktabda bolalarga “Katyusha” yodlatilgani holati yuzasidan Maktab vazirligidan izoh so‘radi

12:59 / 05.05.2025
Parlamentda “Taraqqiyot bloki” tuzildi

19:04 / 15.04.2025