«O‘zbekiston temiryo‘llari» ham talabalar uchun poyezd chiptalariga 50 foizlik chegirma e’lon qildi
Barcha mahalliy yo‘nalishdagi yo‘lovchi poyezdlari temiryo‘l hujjatining to‘liq qiymatidan 50 foiz chegirma 2025 yil 10 yanvarga qadar amal qiladi.

«O‘zbekiston temiryo‘llari» AJ tomonidan respublika oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarga qishki ta’til mobaynida mahalliy yo‘nalishdagi qatnovlar uchun chegirmalar e’lon qilindi.
Qayd etilishicha, barcha mahalliy yo‘nalishdagi yo‘lovchi poyezdlari temiryo‘l hujjatining to‘liq qiymatidan 50 foiz chegirma (CV/VIP klass vagonlaridan va yuqori tezlikda harakatlanuvchi «Afrosiyob» elektropoyezdlaridan tashqari) 2024 yil 23 dekabrdan 2025 yil 10 yanvarga qadar amal qiladi.
Chiptalarni sotib olish uchun talabalar pasport bilan temiryo‘l kassalariga tashrif buyurishi yoki elektron tarzda chipta xarid qilishda eticket.railway.uz saytidan foydalanishlari mumkin.
Avvalroq Uzbekistan Airways aviakompaniyasi talabalar uchun chiptalarga chegirma e’lon qilgandi. O‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari talabalari barcha mahalliy aviaqatnovlar ekonom-klass aviachiptalari tariflari uchun 50 foizgacha chegirmadan foydalanishi mumkin.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘i bilan oliy ta’lim tashkilotlari talabalari, texnikum, kollej, kasb-hunar maktabi va akademik litseylar o‘quvchilariga 2024/25 o‘quv yili uchun beriladigan qishki ta’til 2024 yilning 25 dekabridan boshlanadi va 2025 yilning 7 yanvariga qadar (shu kuni ham) davom etadi.
Tavsiya etamiz
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
Hozirda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlar o‘qishini qay tartibda davom ettiradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 17.06.2025
Qo‘rquv, shok va sarosima: Eronda nimalar bo‘lmoqda?
Jahon | 19:57 / 16.06.2025
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda Toshkent – Bali yo‘nalishida tarixdagi birinchi to‘g‘ridan to‘g‘ri reys yo‘lga qo‘yilmoqda
Jamiyat | 19:00 / 17.06.2025
-
Qirg‘iziston poytaxtida blekaut yuz berdi
Jahon | 18:40
-
Xitoy Markaziy Osiyo mamlakatlariga 209 million dollar mablag‘ni beg‘araz ajratadi
Jahon | 18:33
-
Xomanaiy agar AQSh harbiy mojaroga aralashsa «muqarrar javob» bilan tahdid qildi
Jahon | 18:25
Mavzuga oid

09:53 / 17.06.2025
O‘zbekistonda jazirama sabab poyezdlar harakat tezligiga cheklovlar o‘rnatiladi

11:51 / 13.06.2025
Fransiya banki O‘zbekistonga yangi samolyotlar va poyezdlar xarid qilishda yordam berishi mumkin

19:08 / 09.06.2025
Hindistonda harakatdagi poyezddan tushib ketgan 6 kishi halok bo‘ldi

17:49 / 08.06.2025