O‘zbekiston | 09:53 / 17.06.2025
4467
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda jazirama sabab poyezdlar harakat tezligiga cheklovlar o‘rnatiladi

O‘zbekistonda hukm surayotgan yoz jaziramasi sharoitida poyezdlarning harakatlanish tezligi cheklanmoqda. Bu haqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» ma’lum qildi.

Foto: O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi

Harorat ko‘tarilishi natijasida yerusti temiryo‘llarining relslari hamda ularning po‘lat qismlarida harorat juda yuqori bo‘lishini inobatga olib, yo‘lovchilar va poyezdlar harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida, poyezdlar harakat tezligiga cheklovlar o‘rnatiladi

Harakat tezligiga cheklovlar o‘rnatilgan poyezdlar sovitish tizimining ishlash quvvati pasayishi mumkinligi ma’lum qilindi. 

Shuningdek, tezligiga cheklovlar o‘rnatilgan poyezdlar harakat jadvalida ko‘rsatilgan vaqtdan kechroq manzilga yetib borishi mumkin.

Mavzuga oid